03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 18-09-2019, 11:07
Qaydnoma
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать

O'qituvchilar forumi

admin 31-03-2017, 19:02 761 Yangiliklar » Ta`lim yangiliklari
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan joriy yilning 24-25-mart kunlari Toshkent shahrida "Ijtimoiy fanlarni o‘qitish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirishda o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammolar va yechimlar” mavzusidagi forum o'tkazildi.
 
 
 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida 2017-2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo'nalishlardan to'rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilib, unda ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o'rin olgan. Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta'limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish vazifalari belgilangan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ijtimoiy fanlar ta'limini takomillashtirish yo‘nalishida olib borilgan ishlarini sarhisob qilish maqsadida tashkil qilingan forumda Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati, professor-o'qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda joylardan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq ustozlar ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Forum doirasida respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan o'qituvchilar ishtirokida bir necha tadbirlar o'tkazildi. Dastlab forum ishtirokchilari joriy yilning 24 mart kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 9-maktabda tashkil qilingan mahorat darslarida ishtirok etishdi. Shundan so'ng forum qatnashchilarining "Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui, "Qatag'on qurbonlari xotirasi” muzeyi hamda "O'zbekiston xalqlari tarixi” davlat muzeyiga sayohat qilishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida forumning yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida respublikadagi o‘zining kasb mahorati fidoiyligi, faolligi bilan ajralib turgan bir guruh ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari va metodistlari "Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak-nishoni bilan taqdirlandi. Shundan keyin forum 5 ta yo'nalishdagi sho‘balarga bo'lingan holda davom etib, unda hududlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar erishgan yutuqlari, o'qitish sifatini oshirish, o'quvchilarning bo'sh vaqtini to'g'ri tashkil etish, yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi samaradorligini oshirish borasidagi ilg'or tajribalarini taqdim etishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Har bir viloyat ishtirokchilari hududiy muammolardan kelib chiqib taqdimotlar o‘tkazdilar. Xususan, Qashqadaryo viloyati vakillari tarix fani sho‘basida ijtimoiy fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalarida bahs-munozaraga kirishdi, xorazmlik pedagoglar o'quvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirishda virtual sayohat darslarini tashkil etish borasida taqdimot namoyish etdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ijtimoiy fanlarga umumta'lim maktablarida o'qitilayotgan 4 ta, ya'ni tarix, davlat va huquq asoslari, "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fani turkumiga kiruvchi fanlar” hamda "Iqtisodiy bilim asoslari” fanlari kiritilgan. Umumta'lim maktablarida ushbu fanlarni o'qitishga jami 918 soat ajratilgan bo'lib, bu jami fanlarga ajratilgan 9078 soatning 10,5 foizini tashkil etadi.

Bugungi kunda respublikamizdagi 9680 ta umumta'lim maktablarida tarix-huquq fanlaridan – 18 599 nafar, "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fani turkumiga kiruvchi fanlar” hamda "Iqtisodiy bilim asoslari” fanlaridan – 6817 nafar pedagoglar dars berishmoqda. Ijtimoiy fanlar o'qituvchilari umumta'lim maktablaridagi jami o'qituvchilarning 6,5 foizini tashkil etmoqda. Shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 9000 nafardan ortiq mutaxassislar faoliyat olib bormoqdalar.

Forum natijasida ijtimoiy fanlarni o'qitish samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi hamda mazkur forum hududlarda ham tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati


скачать шаблон для dle скачать бесплатно фильмы

O'xshash

Ingliz tili fanidan yarim yillik so'z nazorati

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-  yil 10- dekabrdagi "Chet tillarni o’rganish

02.02.17 Yangiliklar
Ochiq dars ishlanmasi

    Xonqa  tumanidagi  10-  umumiy  o’rta  ta’lim 

21.12.15 Tadbirlar
Birinchi qo'ng'iroq tadbiri

O’zbekiston Respublikasining 24 yilligiga bag’ishlab "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim  -

04.09.15 Tadbirlar
9-sinflar uchun dars ishlanma

[attachment=1]  

10.04.15 ---

Добавить комментарий

Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера

Chiqish