03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 18-09-2019, 11:07
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

Savodxonlik bayramining tadbir ssenariysi

admin 12-01-2017, 00:32 19328 Ssenariylar, Tadbirlar
Savodxonlik bayramining tadbir ssenariysi

                Savodxonlik bayramining tadbir ssenariysi

                               Savodxonlik bayramining tadbir ssenariysi
                                                            
 
 

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi

10-son umumiy orta talim maktabining boshlangich sinf oqituvchisi Rozmetova Fazilatning

1-"B sinfida otkazadigan

 

"SAVODXONLIK BAYRAMI "

 

 

 

tadbir ssenariysi

 

 

 

 

 

 

 

2016-2017-oquv yili

Alifbe bayrami

Bu aziz vatan barchamizniki qoshigiga oquvchilar qollarida gullar va sharlar bilan chiroyli kiyinib davraga musiqa sadolari ostida kirib keladilar.

Slayd orqali madhiya yangraydi. Vatanimizni 25 yil ichida gullab yashnaganini, rivojlanganini slayd orqali namoyish qilinadi.

Bolalar: Assalom mehmonlar

Assalom ustozlar

 

Oqituvchi: Assalom xalqimizning eng ulug siymolari

Assalom yurtimizning ustoz mehmonlari

Assalom sinfimizning dono ogil-qizlari

Assalom ertaligimzning aziz mehmonlari

Xush kelibsiz ilmu fanning sohibi davronlari

Xush kelibsiz davramizning eng aziz mehmonlari

Xush kelibsiz muallimlar hamda munis onalar

Xush kelibsiz kechamizga barcha aziz mehmonlar

Assalomu alaykum qadribaland qadrdonlar hurmatli aziz ota-onalar, mehridaryo ustozlar, uzoq yaqindan kelgan mehmonlar va jajji bolajonlar mana bugun qoshaloq bayram "Yangi yil va Savodxonlik bayramiga xush kelibsiz .

" Alifbe bayrami ni ochib berish uchun soz navbati maktabimiz direktori

tinib tinchimas fidoyi , tajribali ustoz S. Satimovaga beramiz.

Marhamat!

( Bolalar chapak chaladi)

Oquvchi: Aziz ustoz, biz uchun

Boling doim salomat

Tazim sizga , hurmat sizga

Ustoz sizga kop rahmat

Sher aytadi direktorga gul gul beradi.

Oqituvchi:

Mana aziz ota onalar siz tort oy oldin qolidan yetaklab kelgan jajji bolakay oqib, organib savodxon boldi. Ular bugun " Savodxonlik bayramini nishonlash uchun harflardan boshlariga toj kiyib kutib turishibdi. Keling aziz ota-onalar farzandlarimizning quvonchiga sherik bolaylik. Ularning quvonchi bizning quvonchimizdir.

Oqituvchi:

Biz muhabbat mevasimiz

Biz kelajak egasimiz

Deysizlarki farzand aziz

Tinchlik kerak bizlarga

Tinch bolsin olam.

Oqituvchi:

Har oila quvonchi biz

Umidlari ishinchi biz

Deysizlarki farzand aziz

Tinchlik kerak bizlarga

Tinch bolsin olam.

Oqituvchi:

Assalom iymoni omon insonlar

Xush kelibsiz bu kunni intiq kutganlar

Mehribon onajonlar, jon buvijonlar

Bayramga tashrif buyurgan aziz qadrdonlarim.

Bugun katta tantana savodxonlik bayrami

Doim bolsin anana bilimdonlik bayrami.

Bilimlar mamalakati mojiza sehrlarga kon

Ozini baxtli sanar unga kirgan har inson.

Mustaqil yurtimizning

Kelajagi bolalar

Ona vatan bagrida

Baxtin topgan bolalar

Aziz oquvchilar kozim qarog'i

Barcha bolalaming jajji sarasi

Sizni yaratganning ozi asrasin

Baxtiyor Vatanda tugilganlarim.

 

Siz bizning baxtimiz izdoshlarimiz.

So'zimiz manosi sozboshimizsiz

Kunimiz yoritgan quyoshimizsiz

Qalbimiz zavqlarga, quvonchlarga tolsin!

Savodxonlik, yangi yil muborak bolsin!

Bolalar: Raxmat!

Oquvchi:

Sozimiz boshi salom

Ish boshidir intizom

Mehmonlarga chin dildan .

Deymiz salom assalom

Oquvchi:

Bugun bizni maktabda

Juda katta tantana

Bilimini nomoyish

Qiladi har bir bola

Oquvchi:

Ustozlaming ogitin

Dilimizda joylashgan

Dilda hayajon bilan

Bayramimiz boshladik.

Oqituvchi:

Mana ota-onalar

Ham barcha oqituvchilar

Kelishibdi tabriklab

Zavqlanar sizga qarab

" Alifbe bayramingiz bilan tabriklayman.

Bolalar: Rahmat sizga muallim

Bizga berdingiz talim!

 

Oqituvchi: Aziz ota-onalar tort oy oldin kelgan jajji bolakay qalbida ustoz, maktab kabi muqaddas tushunchalar paydo bo'ldi. Ustozlar va maktab haqida she'rlar:

Oquvchi: Zuhra

Qolimda tutib qalam

Harflarni qilib jam

Orgatadi oqishnii

Qoshish, ayirish, yozishni

Berar tarbiya ta'lim

Rahmat sizga muallim.

Oquvchi:

Aziz ustoz biz uchun

Bo'ling doim salomat

Tazim sizga, hurmat sizga

Ustoz sizga kop rahmat.

Oquvchi:

Rahmat sizga ustozim

Bizni juda sevdingiz

Ongimizni uygotib

Bilim-saboq berdingiz.

Oquvchi:

Bizlar maktab qoynida

O'qib olamiz bilim

Kelajakda bolaylik

Yurtga kerakli olim.

Oquvchi:

O'qishni bilib olsang

Juda yaxshi ozingga

Boldek shirin kiradi

bir aytgan sozingga

Raqs : "Ozbekiston qoshigi

O'qituvchi:

Bu bayram sababkori

Bilimlar poydevori

Manoli shirin sozi

Qani "Alifbe ozi?

Alifbeni chaqirsak

Baravar qarsak chalsak!

Bolalar:

Alifbejon kelaqol.

Olqishlaymiz quloq sol!

( Bolalar qarsak chaladilar)

Alifbe:

Assalomu alaykum

Aziz ota-onalar!

Va qadrdon bolalar

Savodxonlik muborak!

Bayram, shodlik muborak!

Bolalar: Rahmat senga alifbe,

Rahmat senga alifbe!

Alifbe: Rahmat, rahmart

Men eng tongich kitobman,

Alifbeman oftobman

Savod chiqarding mendan

Sorab korayin sendan

Nima organding mendan?

Bolalar: Chiziqchalar chizishni

Oqishni va yozishni.

Alifbe:

Shoira nima organding mendan?

Oquvchi:

Qalam bilan avvalo

Organdim xat yozishni

Erinmasdan har kuni

Fan qudugI qazishni.

Alifbe: Jahongir sen nima organding mendan.

Oquvchi:

Bu yil "5 baho bilan

Ikkinchiga otaman

Qalamimni ol ishlat deb

Ukachamga beraman.

Alifbe:

Yashang, zehnli bolalar

Yana nimalar organdingiz?

Bolalar:

Harflar unli-undteh

Biri kozu , biri qosh.

Alifbe:

Balli ey dili oqlar

Fan bilimga chanqoqlar

Minnatdormiz sizlardan

Baxtli ogil - qizlardan

Yana savol qilaman

Qay tovushlar bilasiz?

Bolalar:

Unlilar 6 ta

Undoshlar 23 ta

Alifbe:

Zehningizga ofarin,

Bolajonlar ofarin!

"Romolim qoshigi raqs

Marhamat!

Oqituvchi:

Aytingchi dastlab

Qaysi bir harfdan

Oqidik boshlab?

Bolalar: Alifbe sozi yoziladi.

Oquvchi:

Avval mendan boshlanar

Hamma harflar qatori.

Oquvchi:

"L Bolaman bilsangiz

Kundan kun topib kamol

Oquvchi:

Iroda , ishla, inson

"I siz yozilmas also.

Oquvchi:

Fan bogi keng chamanzor.

"B deganda har doim

Oquvchi:

Kozim oldida bobom

Soz boshida "E dirman

Kop harflarga yopishqoq.

Oqituvchi:

Qani oylangchi obdon

Qaysi soz sizga qadrdon?

Bolalar: Ona ( sozi yoziladi)

( Ona haqida sher)

 

Oquvchi:

O- Kim yaxshi deb sozlasalar

Onam yaxshi, onam yaxshi

Eng bebaho gavhar-durdan

Onam yaxshi, onam yaxshi

Oquvchi:

N- Bogda bulbul loladan ham.

Bu ajoyib olamdan ham,

Olamda bor odamlardan ham

Onam yaxshi, onam yaxshi.

Oquvchi:

A-Baland qorli toglardan ham,

Sermevali boglardan ham.

Oppoq, oppoq qorlardan ham

Onam yaxshi, onam yaxshi.

( Oyijon, Ona, ona, onajon, Onam)

Bolalar: Bu yorug olamda,

Vatan bittadir.

Bittadir dunyoda

Ona degan nom.

Oqituvchi: "Onajon qoshigi ijro qilinadi.

Mehnat darslarida oz qollari bilan yasagan gullarini bayram bilan tabriklab onajonlariga sovga qiladilar.

Oqituvchi: Ona bilan yonma-yon mehnat qilib, yedirib

kydiradigan mehribon odam kim?

Bolalar: Ota ( sozi yoziladi)

( Ota haqida sher)

Oquvchi:

O- Dilda orzum ulugdir

Ozim uchun qiziqdir

Oqib-oqib bir kuni

Dadamlarga oxshasam.

Odamlarga oxshasam.

Oquvchi:

T- Yaxshilarga dost bolsam

Doim shirin soz bolsam

Ahil bolib yurtimda

Dadamlarga oxshasam

Odamlarga oxshasam.

 

A-Farzandiga jon fido,

Tinib-tinchimas also.

Bardam salomat boling,

Ota-onam doimo.

Oqituvchi: Unib osgan joyingiz,

Qishlogingiz soyingiz.

Sizga qadrdon el, yurt,

Nomini aytingchi but?

Bolalar: " Vatan

Oquvchi: Vatan -bu kindik qonimiz tokilgan tuproq.

Vatan- beshigimiz , kochamiz, uyimiz, turar joyimiz.

Oquvchi:

Vatan bu muqaddas ona tilimiz.

Vatan- bu buyuk millatimiz

Oquvchi:

Vatan degani bu,

Ozim deganim.

Birinchi korganim.

Kozim daganim.

Aslida Vatan bu,

Tugilgan joyim.

Birinchi qadamim.

Yetgan qorgonim.

Oquvchi:

Onam kabi mehribon,

Vatanim Ozbekiston.

Bagringda yashayman shod,

Orzularim bepayon.

Oquvchi:

Tillarda afsonasan,

Boshimda parvonasan.

Onajon Ozbekiston,

Dunyoda yagonasa

Oquvchi:

Ona yurt jannat makon,

Bolaligimiz shodan.

Quchogingda yayraymiz,

Onajon Ozbekiston.

Oquvchi:

Bogingda bir gunchaman,

Sen gulga tolgan chaman.

Vatan bir kun ulgayib,

Osmonlaring quchaman.

Oquvchi:

Mustaqil yurt Ozbekiston

Noming seni tilga doston

Meh yashgan bogu boston

Jahon uzra Ozbekiston.

Oquvchi:

Men Ruxshona qizingizman

Yurtim seni asrayman

Bilib olib, mehnat qilib

Oz burchimni oqlayman.

Oqituvchi: Bolalar bizlar mustaqillikka erishgandan song, ozimizni davlat ramzlarimizga ham ega boldik.

Oqituvchi: Oquvchilar yurtimiz bayrogini va gerbini kotarib chiqadilar va sherlar aytadilar.

( Oquvchi) Xalqim orzu niyati,

Dilga quvonch soladi.

Bayrogimiz dunyo uzra,

Yurtga dovrug soladi.

(Oquvchi) Bayroqdagi tort xil rang,

Hamohangdir birlikda.

Bir-birini toldirar,

Maqsad sari kenglikda.

( Oquvchi) Havo rang tinchlik ramzi,

Oq rangdir - poklik rangi.

Yashil yashnayotgan el

Qizil rang hayot ramzi

( Oquvchi) Yulduzlar va tolin oy,

Yaxshi niyatga chorlar.

Duoga ochamiz qol,

Dilda nur, poklik solar.

Oquvchilar: Gerbni kotarib chiqadilar va sherlar

aytadilar.

 

(Oquvchi) Ramzlarimizda buyuklik,

Aks etgandir biling-siz.

Humo qushi yetaklar,

Maqsad sari bilingiz.

( Oquvchi) Paxta, bugdoy chambari

Tokinlik, poklik ramzi

Quyosh, yulduz, suv , toglar,

Yashnagan yurt timsoli.

( Oquvchi) Yurtni sevmoq bizlarga,

Paygambardan merosdir.

Temur bobom ogitlari,

Durlar ichra olmosdir.

( Oquvchi) Nomi dunyoga mashhur.

Bobolarimiz buyukdir.

Navoiy, Ibn Sino, Bobur,

Ulugbeklar uligdir.

image3

Oqituvchi. Rahmat sizga donolarim.

Harflar kirmoqchi tilga

Qani nedirkin bizga?

( Harflar sherlarini aytadilar)

A - A dan boshlab alifbo,

Boling der doim alo.

Unlidirman unutmang,

Bolingiz doim dono.

B - Bolalarga bosh bolar,

Sizlarga sirdosh bolar.

Bahrom, Barno, Botirni,

Yozganda yoldosh bolar.

D - D man davrada doim,

Dono boling iloyim.

Davron, Dilshod, Dilafruz,

Dostlar hamisha-hamroz

E - Bilib olingchi men e,

Qol siltab demangchi e.

Erkatoy, erinchoq,

Ertakda uchrar koproq.

F - F harfiman men ozim,

Fahmlang har bir sozim.

Farida, Furqat, Farhod,

Mendan boshlanar faqat.

G - G ga quloq tutingiz,

Gulzorlarga otingiz.

Gul ushladim qolimda,

Gilam toshang yolimda.

H - H man hayron bolmanglar,

Yolni tosib turmanglar.

Handalak bor qolimda,

Hamroh boling yolimda.

I - Kaminani I derlar,

Til va dadil qomatim.

Bilsada kimki,

Kular baxtu omadim.

J - J harfini bilasiz,

Nega jahl qilasiz?

Jamila, Jasur, Javlon,

Jojani quvdi chunon.

K - K dan kaptok yozamiz,

Katta bolsak ozamiz.

Kattani aylang hurmat,

Keladi baxt-saodat.

L - L dan lola yozamiz,

Limuzinda ozamiz.

Latif , Laylo, Latofat.

Loqaydlikka yoq toqat.

M - Misoli ota-ona,

Goh , quvonz , goh yona,

N - N harfini bilamiz

N siz nima qilasiz?

Noz- nemat non boladi.

O - Domboq harfman menchi O,

Olmada ham border O.

Qarang oltita unli,

Hamjihatmiz ogayni.

P - P harfiman bilingiz,

Kuzda paxta teringiz.

Polat, Parfi, Pokiza,

Paxta teringiz toza.

Q - Q dan qayiq yozamiz,

Qayerlarga suzamiz.

Qishda qarga uchadi,

Qarang qorni quchadi.

R - R ga ruxsat beramiz,

Rasm sozin yozamiz.

Rano, Rahim, Ruxshona,

Dono, aqlli bola.

S - Solishtirib koraylik,

Kimning xati chiroyli.

Qani oching daftarni,

Menikiday xat bormi?

T - Tinglang bizlar dunyoda,

Eng baxtiyor yoshlarmiz.

Keling quvnoq ohangda,

Baxt qoshigin kuylaymiz.

U - U man men dono

Unli man xop sermano

Doim magrur sergakman

Unlilarga tirgakman.

V - Vatan Mustaqil yuzimiz

Buguning, ertaning kozimiz.

X - Qattiq X derlar meni,

Yozgum taxta, paxtani.

Xoroz, xola, xona ham,

Men bilan bolar jam.

Y - Yigildik bugun,

Quvonch dilimizda.

Oynaymiz bugun,

Alifbe bayramida.

Z - Z deydilar otimni,

Bilasizmi zotimni.

Zuhra, Zahro, Zokirjon,

Mendan boshlanar chunon.

O - O man men bilan,

Yozilar Ozbekiston.

G - Goz gaqillar,

Chumchuq chirqillar.

Sh - Sh harfiman men ortoq,

Tushun dostmiz ahil inoq.

Yozing bizni ayirmasdan,

Shaklimizni buzmasdan

Ch - Chiyo-chiyo,

Joja qochdi.

Singlim Dono,

Tariq sochdi.

Biri sariq.

Biri oq.

Barcha joja

Dum dumaloq.

Ng - Biz birikma ikki jon,

Maqsadimiz bitta makon

Soz tuzamiz rang barang.

Teng, keng, qarang va sorang.

, - Men harf emasman,

Tovushim ham chiqmaydi.

Kimning kelsa bilgisi.

Menman tutuq belgisi.

Uchrayman qaysi sozda?

Qani kum topar albat!

Oquvchi: Romonboy, Shoira, Oydinoy.

Mana bizni bildingiz,

Sozga quloq solingiz.

Bolalar bizni bilar,

Bilganning baxti kular

Bizni derlar alifbo

29 ta harf erur jo.

 

 

 

 

 

Oqituvchi: "Alifbo bayrami qoshigi ijro etiladi.

Barcha oquvchilar kuylaydi.

Oqituvchi: barakalla bolalar biz kordik-ku, alifbodagi hamma harflarni tanib olibsiz.

Alifbe: Yashang bolalar. Yana nimalar organdimhiz.

Bolalar:

Maqollar aytishni

Topishmoqlar topishni,

Tez aytishlar aytishni.

Oqituvchi: Hozir navbat maqol, hadis, topishmoq va tez aytishlarga.

Mathamat bolajonlar!

( Bolalarga topishmoq, tez aytish, maqollar ayttiriladi)

Alifbe: Ofarin , sizlarga!

Seni toza saqladik,

Rangli suratlaring bor.

Shirin shakar bolalar!

Fan kalitin qolga olgan,

Aqli raso donolar.

Endi sizlar bilan xayrlashaman. Sizlarga " Oqish kitobini

sovga qilaman.

Bolalar: Xayr Alifbe!

Alifbe: Xayr bolajonlar!

Oqish kito bi: Assalomu alaykum,

Baxtli avlod bolalari!

Sizga dildan assalom,

Ilmga chanqoq ukajonlar!

Sizga cheksiz ehtirom

Shu bugundan kirishamiz

Sizlar bilan dost, inoq.

Aka-uka tutinamiz,

Vaqtlarimiz bolsin choq.

Kop hikoya , sherlarim bor,

Oqib boling bilimdon!

Aslo bolmang beetibor.

Borman xizmatga tayyor.

Oqituvchi: " Chol va bori ertagini sahna korinishida tomosha qilamiz.

Marhamat!

Oqituvchi: Aziz bolajonlar , sizga

Yana qaysi kitob qadrdon?

Bolalar: Matematika!

Matematika kitobi: Assalomu alaykum, bolajonlar! Aziz mehmonlar va

qadrdon ustozlar! Men ham " Alifbe kitobiday sizlarga

sanashni , hisoblashni , sonlarni, masalalar yechishni,

taqqoslashni orgatdim. Keling, bolajonlar! Sonlar

qalbiga quloq tutaylikchi, nima der ekan?

 

0 - Nolman raqamlar ichra,

Yolgiz mendan yoq foyda.

1 - Aljabr riyoziyot,

Mendan boshlanar hayot

2 - Men 2 man qoshdirman

Juft sonlarning sardori.

3 - Meni derlar juft soni

Mukammal va manoli.

4 - 4 soniman bilsaningiz

Meni hafa qilmangiz

5 - Meni derlar 5 soni,

Alochilarning joni.

6 - Men 6 man juft sonman,

Jojabirdek kop jonman,

7 - 3, 4, 5, 6, 7,

Qarang bizga soz yetti.

8 - Jimjimador shaklim bor,

Korganlar qilar havas

Yozishni organsang bas

9 - Men 9 man sen bilgan

Hisoblashni tez organ.

10 - 10 ogayni jammiz,

Diqqat qiling bolalar.

Koring mendan boshlanar

Ikki xonali sonlar.

Sonlar: 1, 2, 3. Birlikdadir kuch.

Matematika kitobi: Tasanno bolajonlar , Ofarin bolajonar.

Oqituvchi: Raqs " Raqamlar qoshigi

Oqituvchi: Aziz ota-onalar va mehmonlar hozirgi kunda

farzandlarimiz maktabimizda ozbek tili bilan bir qatorda ingliz tillarini ham organmoqdalar. Hozir oquvchilarimiz "Kim oladi qoshigini ozbek va ingliz tillarida aytib raqsga tushadilar.

Oqituvchi: Bolajonlar davramizga yana kim yetishmayapti?

Bolalar: Qorbobo

Oqituvchi: Kelinglar bolajonlar birgalikda Qorboboni chaqiraylikchi.

Bolalar: Qorbobo, Qorbobo, Qorbobo

Qorbobo va qorqiz kirib kelishdi.

( Qorbobo bolalarni " Alifbe " bayrami va " Yangi yil bilan tabriklaydi)

( Bolalar yangi yil, archa va qorbobo haqida sherlar aytadilar).

Bolalar: " Yangi yil qoshigi ni ijro qiladilar.

Oqituvchi: Raqs " Boy bola ( ogil bolalar ijrosida)

Endi navbat ota-onalar bilan " Shar yorish " oyini oynaladi.

Qorbobo: Bolalarga sovglarni ulashadi va xayrlashadi.

Bolalar:Xayr Qorbobo.

Lazgi:Oquvchilar ijrosida.

Oqituvchi: Soz ota-onalarga. ( ota-onalar oquvchilarni va oqituvchilarni bayram bilan tabriklashadi)

Bayramni yakunlash uchun soz navbati maktabimiz direktori Sayyora opa Satimovaga

Marhamat!

Oqituvchi : Mana aziz ota-onalar, mehmonlar, ustozlar! Shuning bilan

" Alifbe " bayramimiz ham nihoyasiga yetdi. Sizlarga soglik, salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilayman. " Yangi yil bayramini xursandchilik bilan otiring.

 

Kelganingiz uchun katta rahmat!!!

 

 

1 " B " sinf rahbari: F. Rozmetova.

 

Ilmiy bolim mudiri: A. Avazmetova

 

 


dle

O'xshash

Ona tili fanidan tadbir

  Xonqa tumanidagi 10-son umumiy orta talim maktabining ona tili va adabiyot fani

25.12.16 Ssenariylar, Tadbirlar
Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag'ishlangan tadbir ssenariysi

      Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbir

29.04.16 Tadbirlar
Informatika fanidan tadbir ssenariysi

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10-son umumiy orta talim maktabining 6-sinflari ortasida

04.03.16 Tadbirlar
Birinchi qo'ng'iroq tadbiri

Ozbekiston Respublikasining 24 yilligiga bagishlab "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim  -

04.09.15 Tadbirlar
Alifbe bayrami

     

26.02.15 Tadbirlar

| | |

Chiqish