03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 18-09-2019, 11:07
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

Ona tili fanidan tadbir

admin 25-12-2016, 00:27 4789 Ssenariylar, Tadbirlar

Xonqa tumanidagi 10-son umumiy orta talim maktabining ona tili va adabiyot fani oqituvchisi Azimova Nasibaning

6-sinflarda otkazadigan "Til-millatning ruhideb nomlangan tadbir sahnanomasi

2016-2017-yil

"Til-millatning ruhi mavzusida otkazilgan tadbir sahnanomasi.

 

Tadbir otkaziladigan joy bayram mavzusiga mos bezatiladi.Tilga bagishlangan shiorlar, donolarning til haqidagi fikrlari. Davlat tili haqidagi Qonunnig bazi moddalari korinarli joylarga ilib qoyiladi.

1-boshlovchi.

Bu hayotning ziynati baxt-u bashorat, assalom,

Sanati soz naqshi bu ,nur-u hidayat, assalom,

Hislati birla jahon ahliga nemat, assalom,

Jumlai insonga barobar yaxshi odam, assalom.

2-boshlovchi.

Assalom qadrli,aziz mehmonlar,

Assalom maktabdosh, dost-u yoronlar.

Til bayramida bolib dilkusho,

Davramizga qoshiling, deymiz marhabo.

1-bosh.

Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, muhtaram ustozlar.

2-bosh

Assalomu alaykum sinfdosh, maktabdoshlar! Bugun ulug kun,

katta shodiyona.Hammamizga malumki, til millatlarining ruhi,

qalbidir. Uni milliy goya, mafkura va tafakkurning jonli

mujassami, desak yanglishmaymiz.1989-yil 21-oktabr kuni ona

tilimizga Davlat tili maqomining berilishi mustaqillik sari ilk

qadamlardan biri edi.

1-boshlovchi.

Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganligiga bu yil 27yil

toldi. Ana shu sanaga bagishlab otkazilayotgan bayram

tadbirimizga hush kelibsiz! Tadbirimizni ochib berish uchun

soz navbatini maktabimizning __________ustozga beramiz.

2-boshlovchi.

Ona tilim, naqadar qadimiysan, Tomaris ogliga allasini senda

aytgan,Afrosiyob oldirilganda qaygusini senda kuylagan.

Mashrabning dil rozilari senda yangragan.Sen ne-ne buyuklarga

qanot berding. Ona tilim, bugun mening tilim goyo bulbul,

qalamim burro qilgan ham ozingsan,tanimdagi jonim ozbek tilimsan.

1-boshlovchi.

Buyuk Temur jahon boylab,

Oz dovrugin solgan tilim.

Mir Alisher bobomlardan,

Meros bolib qolgan tilim.

Bobur Mirzo sherlaridan,

Rang va qiyos olgan tilim.

Alla bolib jaranglagan,

Ona tilim jon-u dilim.

Siz bugungi kechamizda til, Vatan haqidagi sherlardan, hikmat

durdonalaridan, sahna korinishi, qoshiq va raqslardan bahramand

bolasiz. Hozir bugungi kechamiz ishtirokchilarini davraga taklif

qilamiz. Marhamat!

Ishtirokchilar sokin kuy ostida, qollariga tilni madh etuvchi

sozlarni ushlagan holda chiqadilar.

2-boshlovchi

Bugungi kechamizda maktabimizning 6-sinf oquvchilari turli xil

shartlar asosida birlashadilar. Hozir esa shartlarni elon qilib otaman.

1-shart. Tanishtiruv. Bu shartda oquvchilar oz guruhlarini nomini tariflab ,ozlarini tanishtirib, tilga bagishlangan donolar fikrlari,

Davlat tili Qonunining moddalaridan namunalar keltiradilar, til-dil

tarjimoni mavzusida maruza qiladilar.

1-boshlovchi.

2-shart. Til mening iqbolim, mening baxtimdir deb nomlanadi.

Bunda guruh azolari tilni madh etuvchi sherlardan namunalar

aytishadi.

2-boshlovchi.

3-shart. Pantonimo sharti. Bunda guruhlar iboralarni imo-ishoralar

orqali korsatib beradilar.

1-boshlovchi.

4-shart. Sahna korinishi.

2-boshlovchi.

5-shart.Shunday sozlarni yozingki , har ikki tomondan

oqilsa ham bir xil oqilsin. 5-minut vaqt beriladi.

6-shart. Sardorlar bahsi. Maqolni davom ettiring.

1-boshlovchi.

Marhamat navbat birinchi shartga.

2-boshlovchi

Yurakning boyligi siridir,

Ozbekning boyligi elidir.

Bulardan tashqari odamning,

Eng katta boyligi tilidir.

Endi navbat 1-shartni baholash uchun hakamlar hayatiga navbat beramiz.

1-boshlovchi.

Navoiy bobomiz tilimiz 18 ming olamdan ham boyroq shunday bir xazinaki, har bir duru gavhari, yani sozlari osmonning yoritqichlaridan ham porloqdir. Shunday bir gulzorki, har bir guli chaman lolalaridan ham gozalroqdir, degan. Shu tilda Navoiy bobomiz kop asarlar va gazallar bitkan.

Hozir esa navbatni 2-shartga beramiz.Bunda guruhlar til haqidagi sherlardan aytib bellashadilar. Marhamat.

Har bir shartdan song, hakamlar hayati guruhlarni ballab borishadi. Shart oraligida musiqiy tanaffus qilinadi.

2-boshlovchi. Tilimizda juda kop iboralar mavjud. Bu iboralar nutqimizni jozibador, tasirchan qiladi. Har bir inson nutqida iboralardan foydalanadi. Hozirgi navbat 3-shartga bunda guruhlar bir-birlariga iboralarni imo-ishora orqali korsatadilar.

1-guruh

Tarvuzi qoltigidan tushdi.

Lom-lum demadi.

Kapalagi uchib ketdi.

Tilini tishladi.

2-guruh

Xamirdan qil sugurganday.

Yerga ursang kokka sakraydi.

Barmogini tishladi.

Doppisini osmonga otdi.

3-guruh

Yoqasini ushlamoq.

Ilonni yogini yalagan.

Qoli gul.

Boshiga kotarmoq.

1-boshlovchi

Turon uzra yagona tilim,

Buyuk, suyuk sen turkiy tilim.

Baxtli, taxtli mardona elim,

Tilda, dilda qoshiq dostonim,

Ona tilim turkiy zabonim.

4-shart.Sahna korinishi.Marhamat.

2-boshlovchi

Hakamlar 4-shart boyicha guruhlarning olgan ballarini elon qilguncha navbatni musiqiy tanaffusga beramiz. Marhamat.

1- boshlovchi

5-shart.Shunday sozlar yozingki har ikki tomondan oqilsa ham bir xil oqilsin.Bu shart uchun 5 minut vaqt beriladi.Bu vaqt ichida qaysi guruh kop soz yozar ekan.

Marhamat.

2-boshlovchi.

Endi navbatni 6-shartga bersak, bunda guruh sardorlari maqollarni davom ettirishi kerak.Marhamat.

Tadbir songida davraga ona siymosi tashrif buyuradi va alla kuyi taraladi.

1-boshlovchi.

Endi navbatni hakamlar hayatiga bersak, ular oquvchilarning yakuniy baholarini elon qilishsa.

2-boshlovchi

Shu bilan tadbirimiz oz nihoyasiga yetdi. Xayr sog-salomat boling.

 

 

 

 

 

 

O`qituvchi: Azimova N

Ilmiy bo`lim mudiri: Raximov S

dle

O'xshash

Ona tili fanidan dars ishlanma

Xonqa tumanidagi 10-son umumiy o`rta ta`lim maktabining Ona tili va adabiyot fani

25.12.16 Yangiliklar
Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag'ishlangan tadbir ssenariysi

      Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbir

29.04.16 Tadbirlar
Informatika fanidan tadbir ssenariysi

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10-son umumiy orta talim maktabining 6-sinflari ortasida

04.03.16 Tadbirlar
Ochiq dars ishlanmasi

    Xonqa  tumanidagi  10-  umumiy  orta  talim 

21.12.15 Tadbirlar
Birinchi qo'ng'iroq tadbiri

Ozbekiston Respublikasining 24 yilligiga bagishlab "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim  -

04.09.15 Tadbirlar

Chiqish