03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 30-03-2019, 08:18
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

Kimyo fanidan dars ishlanma

admin 13-12-2016, 10:28 1788 Yangiliklar

Xonqa tumani 10-umumiy orta talim maktabining kimyo fani oqituvchisi Abdullayeva Faridaning 8- sinflarda otkaziladigan bir soatlik

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


2016 yil

Sana:__________________

Sinf: 8

Fan: Kimyo

Mavzu: Galogenlarning davriy sistemadagi orni. Atom tuzilishi

Darsning maqsadi:

1.Talimiy maqsad: Oquvchilarga galogenlarning davriy jadvalda joylashgan orni,tabiatda tarqalishi,fizik va kimyoviy xossalari haqida tushuncha berib,

oquvchilarda bilim ,konikma va malakalar hosil qilish.

2.Tarbiyaviy maqsad:Oquvchilarga galogenlarning inson hayotidagi ahamiyati haqida tushuntirish,laboratoriya honasida galogenlar bilan ishlaganda texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatib otish. Ekologik va estetik tarbiyalar berib otish.

3.Rivojlanuvchi maqsad:Oquvchilarga galogenlarning atom tuzilishi va olinishi haqida tushuncha berib,fikrlarini yanada kengaytirish.

Darsning turi:Yangi bilim berish

Darsning metodi: Bumerang, savol-javob,Kimyoviy shashka

Darsning jihozi:Davriy jadval,elektron darslik,ekran,proektor,kompyuter,yodni spirtli eritmasi,Bumerang jadvali

Darsning taqsimoti:

1.Tashkiliy qism-5 daqiqa

2.Otilgan mavzuni mustahkamlash- 10 daqiqa

3.Yangi mavzu bayoni -15 daqiqa

4.Otilgan mavzuni mustahkamlash- 10 daqiqa

5.Oquvchilarni baholash -3 daqiqa

6.Uyga vazifa -2 daqiqa

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism -5 daqiqa

a)Oquvchilar bilan salomlashish,navbatchi oquvchi davomat va sinf ozodaligi haqida axborot beradi.

b)Oquvchilarni darsga tayyoligini tekshirish, moddalarni taxligini kozdan kechirish.Oquvchilardan 2016-yil "Soglom ona va bola yili deb elon qilinganligini sorash,fevral oyidagi ajdodlarimizning tavallud topgan kunlari haqida aytib otish va oquvchilarni vatanga bolgan mehrini yanada oshirish. Maktabimizda fevral oyi Matematika va informatika " fanlari oyligi deb elon qilinganligi va bu fan oyliklarida oquvchilarni faol qatnashishga undash.Ekranda "Soglom ona va bolayiliga doir rasmlar korsatiladi.

2.Otilgan mavzuni mustahkamlash uchun "Bumerang metodidan foydalaniladi.Bu metodda har bir oquvchiga Bumerang jadvali tarqatiladi.

Metallmaslarni xossalari

Inert gazlar

Kislotali oksidlar

 

 

Uchuvchan moddalar

Ftor

Kovalent boglanish

Metallmaslarning vodorodli birikmalari

 

+

 

 

Metallmaslarning yuqori oksidlari

 

+

 

 

Eng kuchli elektmanfiy elemen

 

 

+

 

Metallmaslar ozaro birikib qanday boglanishli birikma hosil qiladi

 

 

 

+

Sakkizinchi guruh bosh guruh elementlari qanday nomlanadi

+

 

 

 

 

Jadvaldanfoydalanib oquvchilar togri javoblarni belgilaydi.Beshta savolga togrijavob bergan oquvchilar besh ballbilan ragbatlantiriladi.Jadval ekranda namoyish etiladi.

3.Yangimavzu bayoni.Mavzuvamavzurejasiekrandakorsatiladi.

Reja:

1.Atom tuzilishi

2.Tabiatda tarqalishi

3.Olinishi va xossalari

Oquvchilar yangi mavzuga tayyorlanib kelishgan .Ularga galogenlarni xossalari topishmoq tarzida beriladi.Oquvchilar qaysi galogen ekanligini topishi kerak boladi.Topishmoqni topgan oquvchilar ragbatlantiriladi.Bunda oquvchilarni mavzu yuzasidan dastlabki fikrlari tinglanadi.Topishmoqlar ekranda korsatiladi.

1.Qay modda goho metall, 2.Gunafsharang rangini

Goh nometall boladi, Anglatar qaysi modda?

"Beqaror nomi unga Tibbiyotda orni zor,

Juda ham mos keladi? (As) Buqoq dori - eng sodda. (J)

3.Qanday modda kamaysa 4.Soz manosi kimyoviy

Qariyes hosil bolar? Element uchun mosdir,

Agar u tegsa qorga Bosh harfi "X ga otsa

Portlashlar sodir bolar.(F) Poyafzalga asosdir.(Br)

Galogenlar kimyoviy elementlar davriy jadvalida VII- guruh bosh guruhchasida joylashgan. Galogen tushunchasini 1811- yilda nemis kimyogari I. Shveyger fanga kiritgan bolib, "tuz va hosil qiluvchi manolarini bildiradi. Bu guruhni quyidagi elementlar tashkil qiladi: ftor , xlor ,brom , yod va astat.Quyidagi jadval ekranda korsatiladi.

Galogenlarning ayrim xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Xossalari

F

Cl

Br

J

As

Tartib raqami

9

17

35

53

85

Atom tuzilishi

2s22p5

3s23p5

4s24p5

5s25p5

6s26p5

Atomning ionlanish energiyasi

17,42

12,97

11,84

10,45

9,2

Nisbiy elektrmanfiyligi

4,1

2,83

2,74

2,21

1,90

Birikmalardagi oksidlanish darajasi

-1

-1,+1,+3,+5,

+7

-1,+1,+3,+5,

+7

-1,+1,+3,+5

+7

-1,+1,+3,+5

+7

Atomning radiusi

0,034

0,099

0,114

0,133

_

 

Tabiiy birikmalari

Plavik shpati-

CaF2,apatit,

fosforitlar

Xloridlar:

KCl,NaCl

Bromidlar:

NaBr,KBr,MgBr

Yodidlar:

NaJ,KJ

Radiaktiv

Element

Fizik xossalari.

Ftor- zaharli och yashil gaz.Xlor- sargish-yashil rangli otkir hidli zaharli gaz. Havodan 2,5 marta ogir.Brom- ogir qizil qongir suyuqlik.Brom buglari zaharli.Brom teriga tushganida qattiq kuydiradi. Yod- qora gunafsha qattiq modda.Qizdirilganda gunafsha buglar hosil qiladi,ular sovitilganda yana kristallga aylanadi.Bu hodisa sublimatlanish deyiladi.

Olinishi.

1.Ftorid ionidan ftor olish uchun elektroliz jarayonidan foydalaniladi.

2.Xlor olish uchun xlorid kislotaga marganes(IV)- oksid tasir ettirish yoli bilan ham olish mumkin. 4HCl + MnO2= Cl2 + MnCl2+ 2H2O

3.Bromidlarning eritmalariga xlor tasir ettirib olish mumkin.

2KBr + Cl2 = 2KCl + Br2

4.Yodidlarning eritmalariga xlor, brom tasir ettirib ham olish mumkin.

2KJ + Cl2= 2KCl + J2 2KJ + Br2= 2KBr + J2

Agregat holati: Ftor- gaz, Xlor-gaz, Brom- suyuq, Yod qattiq holatda boladi.

Guruhda atom radiusi kattalashib ,ionlanish energiyasi kamayib borganligi sababli

ftor astat qatorida metallmaslik xossalari kamayib boradi.Metallmaslik xossalari ftorda eng kuchli ifodalangan.

Galogenlar vodorodli birikmalarining suvdagi eritmalari

kislotalar deyiladi:HF, HCl, HBr, HJ

Galogenlarning suv bilan reaksiyaga kirishishi.Reaksiya tenglamalar ekranda korsatiladi.

Galogenlarning reaksiyaga kirishish xususiyati F- Cl- Br- J qatorda pasayib boradi.

Astat 1940- yilda vismutni a- zarrachalar yordamida bombardimon qilish yoli bilan olingan.

209Bi + 4He -> 211At + 2n

Astat sozi grekcha bolib, beqaror degan manoni anglatadi.

Biologik ahamiyati.

Ftorning biologik ahamiyati juda yuqori.Ftor baliq,tuxum tarkibida kop miqdorda boladi.Organizmda miqdori kopayib ketsa , yodni parchalaydi va bogimlarda ogriq paydo boladi.Yetishmasa tishlarda karies kasalligi kelib chiqadi.

Yodning biologik ahamiyati qalqonsimon bez gormonlarining hosil bolishida qatnashadi. Yod dengiz karamida,baliq yogida,tuxum,sarimsoq piyoz va sholgom tarkibida kop uchraydi.Yod yetishmasa qalqonsimon bez hajmini oshiradi,modda almashinuvi buziladi.

 

 

 

 

 

 


Galogenlarning biologik ahamiyati haqida elektron darslik orqali korsatiladi .

4.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o'quvchilarga savollar beriladi.Savollar ekranda korsatiladi.

1)Galogenlarning davriy jadvaldagi orni haqida ayting?

2)Galogenlar qanday oksidlanish darajalarini namoyon qiladi?

3)Ftordan yodga tomon qanday xossalari ozgaradi?

4)Galogenlarning biyologik ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

Mavzu boyicha oquvchilarni bilimini yanada mustahkamlash maqsadida "Kimyoviy shashkametodidan foydalaniladi.Jadval ekranda ham korsatiladi.

Xe

 

Cl

 

Br

 

Fe

 

 

F

 

Mg

 

J

 

As

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ca

 

Cu

 

H

 

SO3

 

 

Na

 

SO4

 

Zn

 

O

Har ikkita oquvchiga bitta jadval tarqatiladi.Oquvchilar jadvaldan galogenlarni topib ularni birikmalarini oz daftarlariga yozib boradilar,kim kop galogenlarni birikmasini togri va xatosiz yozsashuoquvchi golib boladi.Golib bolgan oquvchilar ragbatlantiriladi.Jadvaldan foydalanib quyidagi formulalarni yozish mumkin:HF,NaCl,KBr,HJ,CuCl2,NaJ,KCl va hk.

5.Oquvchilarni ballash.

Darssongida faol qatnashgan oquvchilarga "OFARIN,BARAKALLA,HARAKAT QIL deb yozilgan ragbat kartochkalar topshiriladi va uyga vazifa beriladi.

6.Uyga vazifa: 5-topshiriq,mavzu yuzasidan test savollari tuzish.Uyga vazifaekrandakorsatiladi va esdanchiqmaslikuchun uqtiriladi.

Foydalanilganadabiyotlar.

1.Z.Saidnosirova.Anorganik ximiya Toshkent -"Oqituvchi-1980yil

2.G.P.Xomchenko.Kimyooliy oquv yurtlariga kiruvchilar uchun.Toshkent-"Oqituvchi-1997yil

3.Elektron darslik.

4.Dedamirza Otaqoziyev, Baxtiyor Jorayev "Kimyo kechasi va qiziqarli malumotlar

Internetdan olingan malumot.

 

Oqituvchi: Abdullayeva.F

Uslub birlashma raisi: M.Atajonova

Ilmiy bolim mudiri: B.Qalandarov

 

dle

O'xshash

Informatika fanidan tadbir ssenariysi

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10-son umumiy orta talim maktabining 6-sinflari ortasida

04.03.16 Tadbirlar
Tarbiyaviy soat darsi

Xonqa tumanidagi  10- son   umumiy o`rta ta`lim   maktabining

29.12.15 Yangiliklar
Ochiq dars ishlanmasi

    Xonqa  tumanidagi  10-  umumiy  orta  talim 

21.12.15 Tadbirlar
Matematika fanidan qiziqarli masalalar

Matematika fanidan qiziqali masalalar O'quvchilar uchun juda qiziqarli... Yuklab olish  

28.04.15 Yangiliklar
9-sinflar uchun dars ishlanma

[attachment=1]  

10.04.15 ---

| | |

Chiqish