03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 18-09-2019, 11:07
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

Informatika fanidan tadbir ssenariysi

admin 4-03-2016, 21:50 5856 Mediateka » Tadbirlar
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10-son umumiy orta talim maktabining 6-sinflari ortasida "Kompyuter bilimdonlari deb nomlangan bellashuv
ssenariysi
1-boshlovchi: Yaxshi soz ne deya axtarmang sozlar,
        Yaxshilar yuzidan diyorli kalom.
        Bagri keng ustozlar, aziz tengdoshlar,
        Yuragim toridan salom assalom.
Assalom u alaykum aziz va mehribon ustozlar hurmatli tengdoshlar. Bugungi fevral matematika va informatika fanlari oyligiga bagishlab informatika fanidan 6-sinflar ortasida "Kompyuter bilimdonlari deb nomlangan bellashuvimizga xush kelibsiz.
2-boshlovchi: Assalom, ey davramizning eng aziz mehmonlari!
        Assalom, ey ilm u fanning sohibu davronlari.
        Assalom, ey aziz dostlar, ham fikrdosh ortoqlar,
        Bellashuvga xush kelibsiz, barcha tengdosh ortoqlar.
      Assalom u alaykum ilmga chanqoq oquvchilar,  bizlarga oz mehnatlarini ayamay, hormay tolmay kelayotgan aziz va mehribon ustozlar. Bugungi bellashuvimiz 6-A sinfning "Informatika guruhi, 6-B sinfning "Kompyuter guruhi va 6-D sinfning "Yosh informatiklar gurhi ishtirokchilari bilan bolib otadi.
1-boshlovchi: Bugungi bellashuvimizni ochib berish uchun soz navbatini manaviyat va marifat ishlari boyicha direktor orinbosari Abdullayev Qahramon ustozga beramiz. Marhamat!
Raxmat ustoz!
Endi bugungi bellashuvimizning shartlari bilan tanishtirib otaman:
1-shart: Salomlashish.
2-shart: Paint dasturida ishlash
3-shart: Word dasturida berilgan matnni kiritish
4-shart: Qiziqarli matematika
5-shart: Savol-javob
2-boshlovchi: Endi "Kompyuter bilimdonlari deb nomlangan bellashuvimiznig ishtirokchilarini taklif qilsak. Hozir esa 6-A sinfning "Informatika guruhini taklif qilamiz. Marhamat! Raxmat oz joyingizni egallashingiz mumkin.
Keling endi 6-B sinfning "Kompyuter guruhini taklif qilsak. Marhamat! Raxmat oz joyingizni egallashingiz mumkin.
Endi 6-D sinfning "Yosh informatiklar guruhini taklif qilamiz. Marhamat! Raxmat oz joyingizni egallashingiz mumkin.
    Endigi navbatda esa guruhlardan bittadan ishtirokchi chiqib Paint dasturini ishga tushurib, uskunalar paneli va undan foydalanib, qolingizga berilgan tasvirni chizib berishingiz kerak boladi. Sizga bu shartni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi.  
1-boshlovchi: Informatika fanidan malumki, kompyuter yordamida matn yozish qoidalariga rioya qilgan holda guruhlarimizga quyidagicha qiziqarli topshiriqni beramiz. Bu topshiriqda guruh ishtirokchilaridan bittadan oquvchi chiqib kompyuterdan foydalanib Word dasturida berilgan matnni kiritishlari kerak boladi. Sizga bu shartni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi.
2-boshlovchi: Hozir 6-A sinf oquvchisi Xayitboyeva Bahor "Oh mani Vatanim bu sherini ijro etib bermoqchi marhamat!
    4-shart "Qiziqarli matematika deb nomlanadi. Bunda ekranda tasvirlangan gugurt choplari yordamida tuzilgan tenglama bajarilishi uchun ixtiyoriy bitta gugurt chopini olib tashlash natijasida tenglik togri chiqishi kerak boladi. Bu topshiriqni bajarish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
1-boshlovchi: Endi navbat 5-shart yani savol-javob shartiga marhamat!
Ekranda tasvirlangan rasmda qanday holat taqiqlangan? Bu savolga javob berish uchun bir daqiqa vaqt beriladi.
2-boshlovchi:     
    Bu qurilma lotincha sozdan olingan bolib, ozbekchada "xabar beruvchi, "eslatuvchi manolarini anglatadi. Kompyuterning asosiy qurilmasi hisoblanuvchi bu qurilma qanday qurilma? Vaqt ketdi marhamat!
1-boshlovchi: Kompyuterni ishga tushurish uchun eng birinchi nima qilasiz?
2-boshlovchi: (Kompyuter bilimdonlari sandiqchasi keltirilsin). Kompyuterning qoshimcha qurilmasi bolib xizmat qiladigan , hayvon oljasining nomi.Savol bu qaysi qurilma?
1-boshlovchi: Xurmatli ishtirokchilar hozirgi savolimiz ekran orqali namoyish etiladi. Diqqat savol!
Gugurt choplaridan 4 tasini olib tashlash natijasida ikkita kvadrat hosil bolsin. Shart tushunarli bolsa vaqt ketdi.
2- boshlovchi: Savol matematika fanidan eshiting:
    5 yildan keyin Ixtiyor 18 yoshda boladi,
3    yil oldin Ixtiyor necha yoshda boladi?
1-boshlovchi: Savol quyidagicha: Komopyuterning asosiy qurilmalaridan biri bolib, uning yordamida malumotlarni hosil qilishimiz mumkin. Bu qanday qurilma?
2- boshlovchi: Marhamat ekranga nazar solamiz: Korib turganingizday KALKULATOR sozi paydo boldi. Endi bir oylangchi manashu soz ichida bir dengiz jonivorining nomi yashiringan. Hozir siz mana shu jonivorning nomini bir daqiqa ichida bizga aniqlab berishingiz kerak boladi. Shart tushunarlimi?
1-boshlovchi: (Kompyuter bilimdonlari sandiqchasi keltirilsin). Faylda saqlanayotgan malumotlar matn, tasvir, film, musiqa, dastur yoki turli boshqa malumotlar bolishi mumkin. Ular tashqi xotira hisoblanuvchi vositalarda fayl korinishida saqlanadi. Hozirda u turli korinishlarda , turli sohada ishlatiladi. Savol gap qaysi vosita haqida ketyapti?
2- boshlovchi: Savol ekranda berilgan nuqtalar orniga kerakli sozni yozishingiz kerak boladi. Marhamat vaqt ketdi.
1-boshlovchi: Endi esa 5 ta shart boyicha ballarni elon qilish uchun maktabimizning matematika fani oqituvchisi Matnazarova Nuquljon ustozga beramiz marhamat!
    Endi esa bugungi "Kompyuter bilimdonlari deb nomlangan bellashuvimiz oz nihoyasiga yetdi. Xayr omon boling!

    Oqituvchi:                             J. Qochqarov

    Metod birlashma raisi:                    M. Qobulova

    MMIBDO:                            Q. Abdullayev


                              
                                                 
                                                                   
                                                                                           








dle

O'xshash

9-sinflar uchun fransuz tili fanidan test savollari

Fransuz tili fanidan test savollari tuzilgan. Marhamat foydalanishingiz mumkin Yuklab olish

04.03.16 Yangiliklar
Ochiq dars ishlanmasi

    Xonqa  tumanidagi  10-  umumiy  orta  talim 

21.12.15 Tadbirlar
Yol qoidasi umr foydasi

Maktabimizda faoliyat korsatayotgan yosh inspektrlar guruhi tuman miqyosida otkazilgan "Yashil

22.09.15 Tadbirlar
Birinchi qo'ng'iroq tadbiri

Ozbekiston Respublikasining 24 yilligiga bagishlab "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim  -

04.09.15 Tadbirlar
9-sinflar uchun dars ishlanma

[attachment=1]  

10.04.15 ---

Chiqish