03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 22-05-2020, 06:37
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

Ochiq dars ishlanmasi

admin 21-12-2015, 23:59 3330 Mediateka » Tadbirlar

Xonqa  tumanidagi  10-  umumiy  orta  talim  maktabining ona 

tili va adabiyot fani oqituvchisi

Eshmetova  Zubaydaning 7 -,,B sinfda

otkazadigan  bir  soatlik  ochiq  dars  konspekti

                                                
       Mavzu:  Sodda  va  qoshma  olmoshlar.
              Ularning  imlosi
        Darsninh  maqsadi:
        a)  talimiy  maqsad-oquvchilarga  sodda   va  qoshma  olmoshlar  hamda             ularning  imlosi  haqida  nazariy  va  amaliy  bilim  berish;
b)  tarbiyaviy  maqsad-oquvchilarda  xalqparvarlik ,  vatanparvarlikruhida  hamda  ilm-marifatga  muhabbat  tuygularini  tarbiyalash;
s)  rivojlantiruvchi  maqsag-oquvchilarda  sodda  va  qoshma  olmoshlar  hamda  ularning  imlosi  haqidagi  bilimlarni  rivojlantirish,  mustaqiil  fikrlash  qobilyatini  ostirish,  shuningdek,  ularda  xalqparvarlik  vatanparvarlik,  ilm-marifatga  muhabbat  tuygularini  kamol  toptirish.
Darsning  tipi:  yangi  bilim  berish.
Darsda  foydalanadigan  usullar:  "Uch  qadam  olga,  " Mazmun  va  Mohiyat,   "Guruhlar  taqdimoti  usullari.
Darsning  jihozi:  ona  tili  darsligi,  elektron  darslik,  kompyuter  proyektori,  tarqatma  materiallar,  ragbat  kartochkalari.
Fanlararo  boglanish:  tarix,  biologiya,  adabiyot,  Vatan  tuygusi.
Darsning  shiori:
                Zakovatli  uqadi,  bilimli  biladi,
                Bilimli,  zakovatli  tilakka  yetadi.
Dars  taqsimoti:
 
1.  Darsni  tashkil  qilish      3 daqiqa
2.  Uyga  vazifani  kuzatish   7  daqiqa
3.  Otilgan  darsni  mustahkamlash    5  daqiqa
4.  Yangi  mavzuni  bayoni       20  daqoqa
5.  Yangi  mavzuni  mustahkamlash        5  daqiqa
6.  Oquvchilarni  baholash      3  daqiqa
7.  Uyga  vazifa        2daqiqa.

2015 yil - Keksalarni ezozlash  va qadrlash yili

 

 

 


    Ochiq dars ishlanmasi

 

 

Ochiq dars ishlanmasi

 

Ochiq dars ishlanmasi

 

 

Ochiq dars ishlanmasi

 

 

Ochiq dars ishlanmasi


Dasrning  borishi:
I . Tashkiliy  qism:  Oquvchilar  bilan   suhbatlashaman,  davomatni  olaman,  darsga  hozirligini  nazorat  qilaman.
II .  Otilgan  mavzuni  musathkamlash:
Darsni  tarbiyaga  chaqiruvchi  daqiqa  bilan  boshlayman.  Unda  oquvchilarga  talim-tarbiyaga  doir  maqollar,  hikmatli  sozlarni  oqitaman.  Songra  oquvchilarning  fikrini  umumlashtirib,  inson  hamisha  shu  xalqninh,  yurtning  xizmatida  bolishi  lozimligini  uqtiraman.
Song  uyga  berilgan  vazifani  tekshiraman.  Unda  vazifani  oqitish  oldidan  oquvchilarni  uch  guruhga  ajrataman.
1-guruh  "  Bilimdonlar,  2-guruh  " Zukkolar,  3-guruh  "  Epchillar  deb  nomlanadi.
Songra  uyga  berilgan  85-mashqni  har  guruhdan  bir  oquvchiga  oqitaman.  Bunda  oquvchilar  mashq  shartiniga  kora  "  Mustaqillik  bizga  nima  berdi?  mavzusida  matn  tuzib  kelishlari  talab  qilingan.  Matnda  ishtirok  qilgan  qoshma  olmoshlarning  tagiga  chizadilar.
Ongra  otilgan  mavzuni  mustahkamlash  uchun   "  Uch  qadam  olga  usulidan  foydalanaman.  Bu  usul  shartiga  kora  har  bir  guruhdan  bittadan  vakil  chiqadi  va  uchta  savolga  javob  beradi.  Savollar  tarqatma  materiallar  orqali  taqdim  etiladi.
Savollarga  togri  va  tezkorlik  bilan  javob  bergan  guruh  vakillari  bir  qadam  olga  bosadi.  Shu  tarzda  2-3 savollarga  togri  javob  bergan  guruh  vakillari  uch  qadam  bosib  oldinga  otib  oladi.  Faol  ishtirok  etgan  guruh  vakiliga  ragbat  kartochkasi  beriladi.  Bu  usulda  quyidagi  savollar  bilan  murojaat  etish  mumkin.
                       Birinchi  uchlik  savollari:
1.    Olmosh  deb  nimaga  aytiladi?
2. Olmosh  ornida  qaysi  sozlar  qollaniladi?
3.Qoshma  olmoshlar  ishtirok  qilgan  gap  tuzing.
                 Ikkinchi  uchlik  savollari:
1.  Olmoshlar  manosiga  kora  necha  turga  bolinadi?
2.  Har  bir ,  hech  nima,  hech  qanday  tuzilishiga  kora  qanday  olmoshlar  deb  qaraladi?
3.  Juft  olmosh  ishtirokida  gap  tuzing.
                         Uchinchi  uchlik  savollari:
1.    Olmoshlar  tuzilishiga  kora  necha  turga  bolinadi?
2.    Men.u,  hamma  tuzilishiga  kora  qanday  olmoshlar  sanaladi?
3.    Takroriy  olmosh  ishtirokida  gap  tuzing

III.    Yangi  mavzu  bayoni:
                                      
                                        Reja:
1.    Sodda  olmoshlar  haqida  malumot
2.    Qoshma  olmoshlar  haqida  malumot
3.    Sodda  va  qo;shma  olmoshlarning  gapdagi  vazifalari                                Yangi  mavzuni  otishda  "  Mazmun  va  mohiyat  usuludan  foydalanaman.  Dastlab  mazmun  meriladi.  Guruhlarda  ishlayman.
1-guruh.  Sodda  olmoshlar
2-guruh.  Qoshma  olmoshlar
3-guruh.  Sodda  va  qoshma  olmoshlarning  gapdagi  vazifalari.
Songra  mohiyat  izohlanadi,  yani  har  bir  guruh  oz  rejasiga  doir  malumot  beradi,  bergan  malumotlarini  misollar  orqali  izohlaydi.  Songra  ularning  malumotlarini  slayd  orqali  mustahkamlayman.
                             
 
          1-slayd

Faqat  bir  asosdan  iborat  bolgan  olmoshlar  sodda,  ikki  asosdan  tashkil  topgan  olmoshlar  qoshma  olmoshlar  hisoblanadi.
Kim?,  nima?,  hamma,  barcha  singari  tub  olmoshlar,  kimdir,  qaysidir,  allakim,  allqanday  singari  yasama  olmoshlar  sodda  olmoshlardir.  Masalan:  Men  oz  vazifamni  puxta  bajaraman.
Hech  kim,  hech  qachon,  har  bir,  har  kim,  mana  shu,  ana  osha  kabi  olmoshlar  qoshma  olmoshlardir.  Masalan:
Har  bir  inson  hayotda  oz  oldiga  maqsad  qoyib  yashamogi  lozim.
Yasama  sodda  olmosh  qismlari  qoshib,  qoshma  olmosh  qismlari  esa  ajratib  yasaladi.
        

                    
              
                     2-slayd


Sodda  olmoshlarning  gapdagi  vazifalari:
1.    Ega:  Men  uy  ishlarida  oyimga  yordamlashaman.
2.Aniqlovchi:  Mening  eng  yaqin  dostim sen.
2.    Toldiruvchi:  Sizlarga  doim  baxt  yor  bolsin.
3.    Hol:  Siz  qayerda  oqiysiz?
               Qoshma  olmoshlarning  gapdagi  vazifalari:
1.    Ega:  Har  kim  ekkanini  oradi.
2.    Toldiruvchi:  Har  narsaga  jahl  qilaverma.
3.    Aniqlovchi:  U  hech  nimaning  farqiga  bormaydi.


Songra  darslikda  berilgan  1-topshiriqni  1-guruh  azolariga  oqitaman.  Ular  berilgan  gapdagi  olmoshlarni  topib  tuzilishini  aniqlashadi.  Masalan:
Ulug  odam  hech  qachon  yolgiz  qolmaydi.
Songra  mashqlarni  bajaraman.  86-mashqni  2-guruh  azolari  bajarishadi.  Bu  mashqda  oquvchilar  mashq  shartiga  kora  avval  sodda  songra  qoshma  olmoshlar  ishtirok  etgan  gaplarni  kochirishadi.  Bu  mashq  sinf  taxtasida  ishlanadi. Masalan:
Sodda  olmosh:  Yigitning  dongi  ozi  tugilib  osgan  shaharga  ham  yetib  boribdi.
Qoshma  olmosh:  Choyxonada  peshin  bolib  qolganiga  qaramay,  hech  kim  yoq  edi.
87-mashq.  Bu  mashqda  oquvchilar  mashqni  kochirib,  olmoshlarni  aniqlab,  ularni  imlosini  tushuntiradilar.  Bu  mashqni  3-guruh  azolari  bajaradi.
Masalan:
Baxtni  har  kim  ozicha  tushunadi.
Bu  gapda  har  kim  olmoshi  ishlatilgan.  Bu  olmosh  manosiga  kora  belgilash,  tuzilishiga  kora  qoshma,  har  soroq  olmoshini  qoshish  orqali  hosil  bolgan.
Songra  88-mashqni  bajartiraman.  Bunda  uchala  huruh  azolari  ham,  hech,  har,  mana,  ana  sozlari  ishtirokida  qoshma  olmoshlar  ishtirokida  gap  hosil  qilinadi.
Masalan:  Mana  siz  bilan  tanishtirmoqchi  bolgan  inson  shu  kishi  boladilar.
IV.    Yangi  mavzuni  mustahkamlash.

Yangi  mavzuni  mustahkamlahsda  "  Guruhlar "  taqdimoti  usulidan  foydalanaman.










 

             3-slayd.
"Guruhlar  taqdimoti " usuli.

Bunda  har  bir  guruhga  mavzu  beraman.  
Masalan:  Kitob-bilim  manbaui
Kitob aql  qayrogi.  Kitob  bilim  bulogi.  Kitobsiz  aql -  qanotsiz  qush.  Kitob-bizning  dostimiz.  Shunday  ekan,  har  bir  inson  kitob  oqishni  odat  qilishi  kerak.
  Bu  usul  haqida  malumot  bergach,  har  guruhga  mavzu  beraman.
 
              4- slayd                                                                                                 

1-guruh.  Til - ijtimoiy  hodisa.

3-guruh.  Ona - ulug  zot.

Bunda  "  Bilimdonlar  guruhi  tuzgan  matndagi  olmoshlarning  mano  jihatdan  va  tuzilish  jihatdan  turini   " Zukkolar  guruhi,  "  Zukkolar  guruhinikini   "  Epchillar  guruhi,  " Epchillar  guruhinikini  " Bilimdonlar  guruhi  aniqlashadi.
Songra  oquvchilarga  savollar  beraman.
1.    Olmoshlar  tuzilishiga  kora  necha  turga  bolinadi?
2.    Sodda  olmoshlar  deb  nimaga  aytiladi?
3.    Sodda  tub  olmoshlarga  misol  keltiring.
4.    Qoshma  olmosh  deb  nimaga  aytiladi?
5.    Qoshma  olmoshlar  haqida  malumot  bering.

V.    Oquvchilarni  baholash
VI.    Uyga  vazifa  berish.       89-mashq.  Bu  mashqda  oquvchilar dir  qoshimchasi  yordamida  soroq  olmoshlaridan  gumon  olmoshlarini  hosil  qiladilar.
VII.    Darsni  yakunlash.
Mana  aziz  oquvchilar  shu  bilan  bugungi  darsimiz  nihoyasiga  yetdi.  Bilim  olish,  oqish,  organish  va  izlanishdan  hech  ham  charchamang.

            Sizsiz  kelajak  yoq,siz,axir  xalqning,
            Ming  yilni  korajak  qaroqlarisiz.
            Sizsiz  yozishmaydi  osmonda  Zuhro,
            Zamonlar  tongining  charoglarisiz.


Xayr,  sog-salomat  boling.

Oqituvchi :                                                   Z.  Eshmetova
      

 

dle

O'xshash

Yol qoidasi umr foydasi

Maktabimizda faoliyat korsatayotgan yosh inspektrlar guruhi tuman miqyosida otkazilgan "Yashil

22.09.15 Tadbirlar
Birinchi qo'ng'iroq tadbiri

Ozbekiston Respublikasining 24 yilligiga bagishlab "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim  -

04.09.15 Tadbirlar
1-dekabr Butun Jahon OITSga qarshi kuni

Maktabimizda 1-dekabr Butun jahon OITSga qarshi kuni munosabati bilan 8-sinf oquvchilari kecha

04.09.15 Fotoalbom
Matematika fanidan "Raqamlar gapiradi" mavzusida o'tkazilgan tadbir

Bizning maktabimizda 5-sinf oquvchilari "Raqamlar ham gapiradi mavzusida tadbir otkazdilar.

13.04.15 Fotoalbom
9-sinflar uchun dars ishlanma

[attachment=1]  

10.04.15 ---

Chiqish