03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 30-03-2019, 08:18
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

Lola mavzisida otkazadigan ochiq dars

admin 12-03-2019, 04:06 201 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Sana: 1.03.2019 yil
Fan : oqish
Sinf: 1-"E
Mavzu: Lola ( Hamid Olimjon) Darsning maqsadlari:
talimiy: oquvchilarni Hamid Olimjonning "Lola sheri bilan tanishtirish, sher muallifi haqida malumot berish, bahor tabiati haqida tushuntirish, sherni ifodali va ravon oqish konikmalarini shakllantirish.
FK1: sherni oqib tushunadi va mazmunini qayta sozlab bera oladi. tarbiyaviy: oquvchilarning ona tabiatga muhabbat hislarini tarbiyalash, tabiatni va undagi gullarni, dov - daraxtlarni asrab avaylash tarbiyalarini shakllantirish, faslga qarab kiyinishga orgatish.
TK4: ozining oquvchilik burchi vazifalari va huquqlarini bilish, ularga amal qilish.
rivojlantirivchi: oquvchilarni sherni ifodali oqish konikmalarini, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, lugat ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
TK3: kun tartibiga rioya qilish, ozlashtirilgan bilimlarini boyita olish.
Dars turi: yangi bilim, tushunchalarini shakllantirish darsi.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, "Aqliy hujum , "Tezkor javob , "Ifodali oqish mashqi, "Davom ettir usuli.
Dars jihozi: darslik, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, AKT, slaydlar, korgazma.
Tashkiliy qism:
1. Darsni tashkil qilish 5 daqiqa
2. Otgan mavzuni mustahkamlash 7 daqiqa
3. Yangi mavzu bayoni 20 daqiqa
4. Yangi mavzuni mustahkamlash 8 daqiqa
5. Oquvchilarni baholash 3 daqiqa
6. Uyga vazifa va darsni yakunlash 2 daqiqa
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. Oquvchilar bilan salomlashaman. Davomatni aniqlayman. Sinf tozaligi va oquv qurollarini tekshiraman. Bahor fasli haqida va muhim sanalar haqida suhbatlashaman.
Sinf oquvchilarini 3 qatorga ajrataman. 1-qator " Kuz
2-qator "Qish
3-qator "Bahor
Fasllarni inglizcha nomini ayttiraman.
Zulfiyaxonim haqida malumotlar beraman.
II. Otilgan mavzuni mustahkamlash.
Otilgan mavzuni "Aqliy hujum usulidan foydalanib mustahkamlayman. Test savollaridan foydalanaman.
1. Bahor fasli qachon boshlanadi?
2. Bahor fasliga qaysi oylar kiradi?
3. Bahorda tabiatda qanday ozgarishlar boladi?
Oquvchilarni ragbatlantiraman.
III. Yangi mavzuni bayoni.
Oquvchilarni sana va yangi mavzu bilan tanishtiraman. Oquvchilar bilan bahor fasli va bahor faslidagi tabiatda boladigan ozgarishlar, erta bahorda ochiladigan gullar haqida suhbatlashaman. Oquvchilarni Hamid Olimjonning "Lola sheri bilan tanishtiraman. Sher muallifi haqida malumotlar beraman.
Hamid Olimjon 1909- yil 12- dekabrda Jizzaxda tugilgan. U Narimonov nomli maktabda, Samarqand bilim yurtida, songra Ozbekiston davlat pedagogika akademiyasida talim oladi. Nashriyot va tahririyatlarda masul vazifalarda xizmat qiladi. H. Olimjon 20 yillik ijodiy faoliyati mobaynida Koklam", Olov sochlar", Olim yovga", Daryo kechasi", Olka", Baxt", Qolingga qurol ol!", Ishonch" kabi talay sheriy toplamlar, Zaynab va Omon" singari ajoyib doston, Muqanna" kabi dramalar yaratdi. Shoirning Oygul va Baxtiyor", Semurg yoki Parizod va Bunyod" sheriy ertaklari bolalar adabiyotiga qoshilgan ulkan hissa bolib darsliklardan doimiy orin olgan. Hamid Olimjonning kitoblari rus va qardosh xalqlar tillariga ham tarjima qilinib, sevib oqilmoqda. Shoirning Lola", Vatan", Samolyot", Hulkarning sheri" va Bolalik" sherlari bir necha avlod farzandlari tillarida jaranglab kelmoqda. Uning bolalarga bagishlab yaratgan barcha sherlarida bolaga qaynoq muhabbati aks etgan.
Oquvchilarga sherni ifodali oqib eshittiraman.
Lola

Lola bogchaga chiqib
Kechga qadar gul terdi.
Etak-etak topladi,
Har kungidan mol terdi.

Sochiga gul bogladi,
Chakkasiga taqdi gul.
Yelkalaridan tashlab
Gulga komildi butkul.

Songra uyga keldi-yu,
Birpas yotib dam oldi.
Kiprigi yumildi-yu,
Gul kabi uxlab qoldi.
Oquvchilarga sherni qatorlararo baxs tarzida, "Ifodali oqish mashqi asosida oqitaman va mazmunini gapirtiraman.
Oquvchilarni ragbatlantiraman.
Oquvchilar fikrlarini tinglab, toldirib otaman.
Dam olish daqiqasi otkazaman.
Oquvchilarga sherni navbat bilan "Davom ettir usulida oqitaman. Oquvchilarni oqishlarini kuzatib, ifodali va ravon oqihga undayman.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Oquvchilar bilan mavzu yuzasidan suhbatlashib savol-javob otkazaman.
1. Hamid Olimjonning yana qaysi sherlarini bilasiz?
2. Lola qayerga bordi?
3. U uyga kelgach nima qildi?
4. Erta bahorda qaysi gullar ochiladi?

Oquvchilar bilan birgalikda "Topib oqi oyinini otkazaman. Qator oquvchilarini ragbatlantiraman.
V. Oquvchilarni baholash.
Oquvchilarni darsdagi faolligiga kora ragbatlantirib baholayman. Qatorlarni ballarini umumlashtirib golib qator oquvchilarini ragbatlantiraman.
VI. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash.

Sherni ifodali oqish va yod olish.
Oqituvchi: M. Jumaniyozova OTIBDO: N. Matnazarova.
dle

O'xshash

Nuqta koordinatasi mavzusidagi ochiq dars

10.01.19 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Manaviyat darsi

04.12.18 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi Quryazova Fotima ustozning 2-sinflardagi ochiq darsidan lavhalar

Xonqa tumanidagi 10-son umumiy o'rta talim maktabining boshlangich sinf qituvchisi

31.03.17 Tadbirlar

| | |

Chiqish