03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 18-09-2019, 11:07
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

"Zulfiya-tong kuychisi" deb nomlangan tadbir

admin 12-03-2019, 03:54 341 Yangiliklar, Ssenariylar
Zufiya tong kuychisi
Ustoz Eng avvalo qulluq qilgum yaratganning oziga
Songra bir bor nazar solgum ota-bobom iziga
Oshalardan qolgan ozi salom sozi azaldan
Shuning uchun barchangizga assalamu-alaykum
Yana bahor keldi. Mangu yorug fasl. U nazarimda nimpushti libosda yurganday. Oldin yurak-yuraklarimizni bu mojizaday bahor soginchi todiradi. Biz kunlar song soatlarni intiq sanaymiz. Keyin daraxtlarning nozik novdalariga mitti kurtakchalar toshadi. Ular baxmalday barg bolib yoziladi. Keyin bodom gullaydi. Mana shunday ajoyib bir faslda yurtimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim Israilova tavallud topganlar. Biz har yili ushbu ijodkorimizni tavallud topgan kunlarini tantanali ravishda nishonlaymiz. Mana bugun ham ushbu kechamizni guvohi bolyapmiz. Shunday ekan, aziz ustozlar, muhtarama oquvchilar hozir sizni 6-sinf oquvchilari bilan birgalikda tayyorlagan adabiy kechamizni korishga ijozat beramiz. Marhamat.
1-boshlovchi
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor

2-boshlovchi
Seni izlar ekan, bolib shabboda,
Sen yurgan boglarni qidirib chiqdi.
Yozib korsatay deb husn-korkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.

1-boshlovchi:
Bugungi tadbirimizni quyidagi shartlar asosida otkazamiz.
1.Tabrik qismi
2.Adabiyot fanidan tezkor savol-javob
3.Lugatlar izohi
4.Maqollar aytish
5.Sahna korinishi
6.Malumotlar aytish

2-boshlovchi: 6-sinf oquvchilarimiz "Bahor, "Zulfiya, "Zulfiya izdoshlari kabi guruhlarga bolinishadi. Endi navbatni oquvchilarimizga bersak.Marhamat.


1-boshlovchi
Ozbekiston xalq shoirasi taniqli va davlat arbobi, Zulfiya tavalludiga bu yil 104-yil toldi.
2-boshlovchi
Shu munosabat bilan Zulfiya hayoti va ijodiga bir nazar tashlab, sherlarini oqib ruhini shod etish maqsadida ushbu adabiy kechamizga shoiraning hayoti va ijodi haqida sozlab berishni safdoshlarimizga bersak. (Oquvchilar tomonidan shoiraning hayoti va ijodi aytiladi). Ustoz-sheriyat quyoshi, miqyosining sehrli kuylari, bahor shabadasi, sizning qalbingizga eng gozal husn beradi, eng nafis zavq bagishlaydi. Qalbingizda gozallik hissini uygotish maqsadida Hamid Olimjon sheri asosida Zulfiyaga bagishlab "Eng gullagan yoshlik chogimda nomli qoshiq. Ijro etadi 6-A sinf oquvchilari.
1-boshlovchi
Ozbek sheriyatining otashnafas shoiralaridan biri inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning biror sherini yod olmagan orangizda topilmasa kerar. Sevimli shoiramiz oz sherlari bilan bizlarni nafosatga ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab qalb harorati bilan isitib kelmoqda.
2-boshlovchi
Keling Madinaxon Zulfiyani "Xotiram siniqlari ga bir nazar solsak. Mayin kuy taraladi. Oquvchilar "Xotiram siniqlari sherini aytishadi). Ustoz- Bolajonlar! "Ming eshitgandan kora bir korgan yaxshi,- deyishadi. Shuning uchun sizning etiboringizga shoiraning hayoti va ijodi asosida videolavha tayyorlab kelganman. Keling birgalikda tomosha qilamiz. (Slaydda u haqda film qoyiladi). 1-boshlovchi
Nahotki, qanday yaxshi.
2-boshlovchi
1944-yil 3-iyulda Hamid Olimjon vafotidan song Zulfiyaning boshiga ogir musibat tushdi. Ayriliq alamlari, hijron azoblari tufayli tugyon urgan shoiraning qalbiga yana sher hamdard boldi.
1-boshlovchi
Vafodor yor va sadoqatli dostining murakkab insoniy tuygulari "Hijron kunlarida, "Baxtiyor sevgini kuylardi sozim, "Ne baloga etding mubtalo, "Sen qaydasan yuragim kabi sherlarida hijron ohangida yangragan edi.
2-boshlovchi
Shoira oz ijodi va ovozida Hamid Olimjon barhayot ekanini komil ishonch bilan aytar ekan shunday deydi:
Hijroning qalbimda, sozing qalbimda
Hayotni kuylayman, chekinar alam
Tunlar tushumdasan, kunduz yodimda
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham.
(Bitta oquvchi chiqib, Zulfiyani "Bahor sherini oqiydi. Slaydda bahor tasviri korsatiladi).
1-boshlovchi
"Mevasidan danagi shirin-deydi xalqimiz.
Buning dalili sifatida shoiraning "Nevara sherini eshitsak. (Sahnada bitta oquvchi sherni oqiydi, bitta oquvchi varrak uchiradi).
2-boshlovchi
Keling oquvchilar, ustozlar birgalikda qoshiq kuylaymiz (Hamid Olimjonning "Orik gullaganda sheri).
1-boshlovchi
Shoira Zulfiya, Oybek, Gafur Gulom, Abdulla Qahhor, Mirtemir kabi shoirlar bilan mushoiralar otkazar edi. Ular sherlarini tinglab zavqqa tolardi. Zulfiyaxonim haqida ular ham katta ehtirom bilan tarif bitganlar.
1-oquvchi. Gafur Gulomning "Zulfiyabegimga sheridan parcha oqiydi.
2-oquvchi. Erkin Vohidovning "Vafo poemasidan parcha oqiydi.
3-oquvchi. Hamid Gulomning "Iltijo sheridan parcha oqiydi.
4-oquvchi. Gulchehra Jorayevaning "Eng yaqin yulduz sheridan parcha oqiydi.
Ustoz- Aziz va muhtarama oquvchilar, ustozlar tadbirimizni Zulfiyaning "Xayr endi deb nomlanuvchi sheri orqali yakunlasak (Oquvchilar ketma-ket ushbu sherni oqishadi).

Oqituvchilar: M. Qochqorov. Sh. Bekmetova. M.Ochilova.

Manaviy-marifiy ishlar boyicha direktor orinbosari: S.Satimova. dle

O'xshash

Boburxonlik

21.02.19 Yangiliklar, Ssenariylar
Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag'ishlangan tadbir ssenariysi

      Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbir

29.04.16 Tadbirlar
Informatika fanidan tadbir ssenariysi

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10-son umumiy orta talim maktabining 6-sinflari ortasida

04.03.16 Tadbirlar

| | |

Chiqish