03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 30-03-2019, 08:18
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagishlab otkazilayotgan tadbir

admin 16-02-2019, 07:43 137 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
1-boshlovchi:
Assalom, Navoiy , motabar ustoz!
Xalqim ezozlagan buyuk ajdodim.
Assalom, bobojon, buyuk alloma,
Yolim yoritguvchi , porloq quyoshim.
2-boshlovchi:
Navoiy deganda quloqlarimga
Uzoq asrlardan bir nido kelur
Navoiy deganda quloqlarimga
Qahraton qishda xush navo kelur
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, ,,davron elining jismga jon bolgan motabar ustozlar va aziz tengdoshlar. Mana bugun bir soz mulkining sultoni, turkiy tilning , yani ozbek tilimizning haqli ravishda asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagishlab otkazilayotgan tadbirga tashrif buyurdingiz. 2-boshlovchi: Ulug bobomizning tavallud ayyomlari har yili Respublikamizda keng nishonlanib kelinmoqda . Shu munosabat maktabimizning 9 -,,a,b,d sinf oquvchilari ,,Navoiy - millat quyoshi " deya nomlangan tadbir tayyorlashgan. Tadbirimizga xush kelibsiz.
1-boshlovchi: Azizlar ijozat bersangiz kechamizni ochib berish uchun soz navbatini maktabimizning manaviy-marifiy ishlar boyicha director orinbosari Sotimova Sayyora ustozga bersak.
Haq yolida kim senga bir harf orgatmish ranjila,
Aylamak bolmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Marhamat ustoz!
2-boshlovchi: Rahmat ustoz , ijodiy faoliyatingizga omad tilagan holda bugungi tadbirimizni boshlaymiz.
Sahna korinishi namoyish etiladi.
,,Navoiy va Lutfiy suhbati " nomli kichik sahna korinishi. Lutfiy hujrada kitob oqib otirganda, yosh shoir tashrif buyurdi. Kirishga ijozat sorab, ustozi qarshisiga otiradi. Alisher: Ustoz , bir bayt bitibdurmen. Ilk ijodimni korib, baho bersangiz. Shoir Lutfiy gazalni oqiydi:
Orazin yopqoch kozimdin sochilur har lahza yosh,
Boylakim, paydo bolur, yulduz nihon, bolgoch quyosh.
Ofarin , Alisherbek. Goyatda gozal bayt bitibsiz. Agar muyassar bolsam edi, ozimning 10-12 ming forsiy va turkiy baytlarimni shu ikki misraga almashar edim. Tasanno.
Alisher mamnun bolib, hujradan chiqadi.
1-boshlovchi:
Nido tingla, bu kun yurting tarafdan,
Ey, yiroq Hirotda maskan topgan er.
Ogoh bol, Alisher, sen ushbu gapdan,
Har ikki nabirang biri Alisher.
2-boshlovchi:
Shu buyuk oglingni ardoqlab dildan
Xalqim, tazim etsang arzigay tamom,
Uning nomi bilan birga bitilgan,
Dunyo daftariga ozbek degan nom.
Bugungi tadbirimizni 9-,,a,b,d sinflar ortasida bolib otadi. 9-,,a sinf ,,Navoiy guruhi, 9-,,b sinf ,,Xamsa guruhi, 9-,,d sinf ,, Navoiy izdoshlari guruhi.
1-boshlovchi: Endi tadbirimiz shartlari bilan tanishtirib otsak
1. Tabrik qismi
2. Aql charxi.
3. Bir gazal sharhi
4. Sahna korinishi
5. Bahru bayt
6. ,,Xamsa asarlaridan parchalar keltirish
2-boshlovchi: Navbatni tadbirimiz ishtirokchilariga bersak, ular oz tabrik qismini taqdim qilsalar. Marhamat. 1-boshlovch: Besh asrkim nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir shrr. Temur tigi yetmagan joyni, Qalam bilan oldi Alisher. Ozbek adabiy tilining bunyodkori sifatida maydonga chiqqan shoir oz ona tilining bunyodkori sifatida maydonga chiqqan shoir oz ona tilining gozal va boy ekanligini barkamol badiiy asarlar yaratib, ham amalda, ham ilmiy- nazariy yol bilan isbotlandi. 2-boshlovchi: ,,Xamsa , ,,Chor dumasi , ,,Muhokamat-ul lugatayn , ,,Mahbub ul-qulub , ,,Majolis un-nafois , ,,Lison ut-tayr kabi asarlarini yozib, ularda shoir yaratgan obrazlar sevgi-muhabbat, mehnatni uluglash, dostlik-sadoqatni kuylash, bosqinchilik urushlarni qoralash, obodonchilik, tinch va farovon hayot uchun kurash goyalarini ozida mujassamlashtirgan. Endi navbatni Alisher Navoiy hayoti va ijodi asosida tayyorlangan tezkor savol-javoblarga, yani ,,Aql charxi shartiga bersak. 1-boshlovchi:
Gurbatda garib shodmon bolmas emish,
El anga shafiqu mehribon bolmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulga tikandek oshiyon bolmas emish.
2-boshlovchi:
Boshni fido ayla ato boshiga,
Jismni qil sadqa ano qoshiga.
Tun kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy ayla , birisin quyosh.

1-boshlovchi: Alisher Navoiyni anglash va his qilish ozbek xalqining tarixini , madaniyatini, qalb ehtiyojlarini, ozligini anglash va his etish demakdir . Shunday ekan, Navoiyni , umuman mumtoz adabiyotni bilish har bir ozbek farzandi uchun ham qarz, ham farzdir deganlarida Ozbek xalq shoiri E. Vohidov ayni haqiqatni aytgan edilar.
2-boshlovchi: Ha, zamondosh shoirlarimiz takidlaganidek Navoiyning har bir sozi, har bir jumlasi hikmat va donolik nasihatlari tom manoda insonparvarlik va xalqchilik xarakteriga ega. Ularga rioya qilish barkamol inson bolishlik demakdir. Endi navbatni 3-shartga ,,Bir gazal sharhiga bersak. Oquvchilar Navoiy gazallaridan yoddan ifodali tarzda oqishib, manosini sharhlashadi.
1-boshlovchi: Olimidan har bir uyga tushdi motam, Mamlakatning har burchidan chiqdi figon. Temur yurak, tosh yurakli kishilar ham, Bu dahshatli musibatdan yutdilar qon.
2-boshlovchi: Oqilmas, kuylanar, yozilgan bayti,
Navoiy biz bilan birga yashaydi.
Yozgan gazallarin olarmiz yod,
Ul zotning pokiza ruhlari ham shod.
Endi navbatni 4-shartga yani Navoiy hayoti va ijodi asosida tayyorlangan sahna korinishlariga bersak, Marhamat.
1-boshlovchi:
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
Olibmen taxti farmonimga oson,
Cherik chechmay Xitodin to Xuroson.
2-boshlovchi: Ha, buyuk bobomiz Nizomiddin Mir Alisher hazratlari turkiy sher bayrogini baland kotardi. U Xitoydan Xurosongacha bolgan hududni askarsiz zabt etdi.
1-boshlovchi:
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ozining ,,Yuksak manaviyat-yengilmas kuch asarida Alisher Navoiyga shunday tarif beradi: ,, Agar u zotni avliyo desak avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak , mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir. 2-boshlovchi: Endi navbatni 5-shartga, bahr-u bayt shartiga bersak. Oquvchilarimizning Navoiy ijodi , lirikasi bilan qanchalik tanish ekanini bilib olsak.
1-boshlovchi:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Kerak sher oldida sher jangi,
Agar sher olmasa bori palangi.
2-boshlovchi: Navoiy turkiy tilning boy imkoniyatini, soz boyligini isbotlab bergan holda oz ijodining eng yuksak namunasi bolgan ,,Xamsa " ni yaratdi.
Bu orqali buyuk ijodkor Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiyga hamqadam bolib, buyuklar qatoridan joy oldi, oz oldiga qoygan maqsadini sharaf bilan ado etdi. Endi oquvchilarimizni ,,Xamsa asaridagi dostonlaridan parchalar keltirishadi. Marhamat.
1-boshlovchi: Endi navbatni hakamlar hayatiga bersak. Ular guruhlarimizni 6 shart boyicha toplagan ballarini elon qilib, golib guruhni aniqlab berishsa. Olis yulduzlarning nuri ular songanidan keyin ham ming-ming yillar mobaynida ona yerimizga yogilib turar ekan. Mir Alisher oz davridayoq buyuk daholar safidan mustahkam orin olib, ozbek nomini jahonga mashhur qilib, ona xalqimiz timsoliga aylandi, uning ummon qadar bepayon ijodidan har kim oz istedodiga yarasha bahramand boladi. Zero , Navoiyning har bayti hikmatli bir kitob.
2-boshlovchi: Biz shunday ulug mutafakkir shoirimiz borligidan faxrlanamiz, iftixor qilamiz. Bugungi tadbirimiz Navoiyga, sheriyat dahosiga bolgan ehtiromimizning bir korinishidir.
1-boshlovchi:
Yurakdagi faxrim, gururim sizsiz,
Bobojon, ruhingiz bizni qollasin.
Avlodlar qalbida sonmas sham kabi,
Nurli manzillarga bizni chorlasin.
2-boshlovchi:
Sozingiz buyukdir ,ozingiz buyuk,
Buyuk merosingiz- iftixorimiz.
Biz uchun har nedan ortiqroq suyuk,
Yozgan asaringiz, aytgan sozingiz.
1-boshlovchi: Shu bilan bugungi ,, Navoiy-millat quyoshi deb nomlangan tadbirimiz oz nihoyasiga yetdi.
2-boshlovchi: Xayr sog-salomat boling. dle

O'xshash

Alisher Navoiy tavallud topgan kunining 576 yilligiga bag'ishlanadi.

Maktabimizning ona tili va adabiyoti fani oqituvchisi Qochqarov Muhammad ozining "Navoiy

11.02.17 Yangiliklar
Ona tili fanidan tadbir

  Xonqa tumanidagi 10-son umumiy orta talim maktabining ona tili va adabiyot fani

25.12.16 Ssenariylar, Tadbirlar
Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag'ishlangan tadbir ssenariysi

      Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbir

29.04.16 Tadbirlar
Informatika fanidan tadbir ssenariysi

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10-son umumiy orta talim maktabining 6-sinflari ortasida

04.03.16 Tadbirlar

| | |

Chiqish