03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 30-03-2019, 08:18
Qaydnoma
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Новости

Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi, tuzilishi,umumiy xususiyatlari. Ko’l baqasi yashash muhiti va hayot kechirishi tashqi tuzilish va muskullari

admin 9-02-2019, 11:33 208 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Sana: 7.02.2019 yil.
Sinf: 7-a.
Fan: Biologiya.
Mavzu: Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi, tuzilishi,umumiy xususiyatlari. Ko’l baqasi yashash muhiti va hayot kechirishi ,tashqi tuzilish va muskullari.
Maqsad:
Ta’limiy: O’quvchilarga suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ilk bor quruqlikka o’tgan hayvonlar. Tuzilishi suv va quruqlik muhitiga moslashgan .To’rt oyoqda harakatlanadigan o’pka va teri orqali nafas oladigan.Yuragi uch kamerali. Tuxumni suvga tashlaydigan lichinkasi suvda rivojlanishi to’g’risida BKM larni hosil qildirish va FK1 –biologik obyekt hodisa jarayonlarni tanish, tushunish, izohlash kompentensiyalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy:O’quvchilarga axloqiy,ekologik,estetik,tabiatni muhofaza qilish kabi tarbiyalarni berish.FK3-sog’lom turmush tarzi va ekologik kompetensiyalarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni suvda ham quruqlikda yashovchilarni yashash muhiti va hayot kechirishi tashqi tuzulishi,skleti va muskullarini vazifalari to’g’risida dunyoqarashini kengaytirish.TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi (o’quvchi biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatga anglash, biologiya fani o’rganadigan obyekt,hodisa,jarayonlarini, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajriblar olib borish)
Qo’shimcha ma’lumot: qurbaqalarning tanasidagi zaxarli shilimshiq modda Yaponiyada ”BOD” kasalligiga malham sifatida foydalaniladi.Baqalar esa chivinlarni pashshalarni o’rgimchaklarni qirib foyda keltiradi.
Dars tipi: Yangi bilim berish.
Dars jihozi: O’quv darsligi, tarqatmalar, AKT-video roliklar.
Dars metodi: 1-Tezkor savol-javob.2-Taqqoslash metodi. 3-Tushunchalar tahlili metodi. 4-Test.
1 Tashkiliy qism 3 minut
2 O’tilgan mavzuni so’rash 12 minut
3 Yangi mavzu bayoni 20 minut
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 7 minut
5 Uyga vazifa berish 3 minut
1.Tashkiliy qism: 3 minut O’quvchilar bilan salomlashaman, sinf ozodaligini nazorat etaman,davomat aniqlanadi, fan oyligi muhim sanalarni so’rash.
2. O’tilgan mavzu: 12 minut Aqliy xujum metodi: Baliqlarning xilma-xilligi. Tog’ayli baliqlar sinfi mavzusi yuzasidan tarqatmalar orqali savol-javob qilinib takrorlash qilamiz.
1. Baliqlarning ahamiyati?
2. Baliqlar yashash sharoitiga qanday moslashgan?
3. Eng yirik akula?
4. Bakr, ya’ni suyak-tog’ayli baliqlar qanday tuzilgan?
5. Baliqlarning kelib chiqishi?
6. Losossimonlar qanday tuzilgan?
7. Panjaqanotlilar qanday tuzilgan?
8. Akulalar qanday tuzilgan?
9. Qaysi baliqlar ovlanadi?
10. O’rta Osiyo suv havzalarida qaysi suyak-tog’ayli baliqlar tarqalgan?
3.Yangi mavzu bayoni: 20 minut
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi
Ko’l baqasining tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari
Reja:
1. Yashash muhiti va hayot kechirishi.
2. Tashqi tuzilishi.
3. Skleti va muskullari.
Ko’l baqasi yer yuzida keng tarqalgan, faqat sovuq shimoliy mintaqalarda va baland tog’li hududlarda uchramaydi. Yilning iliq mavsumlarida uni sernam joylarda, chuchuk suv havzalari va ular yaqinida uchratish mumkin.
1. Baqaning gavdasi yapaloq.
2. Yassi boshi tanasiga harakatchan birikkan.
3. Oldingi oyog’I kalta yelka, bilak, panja suyaklari
4. Orqa oyog’I uzun, som, boldr, tovon,panja suyaklari
5. Baqa skleti.
4.Yangi mavzuni taqqoslash metodi orqali mustahkamlaymiz
1. Baqa va baliqni tashqi tuzilishi, yashash muhiti jihatidan taqqosaymiz
2. Baqa va baliqni skeleti jihatidan taqqoslash
3. Baqa va baliqni skelet muskullari jihatidan taqqoslash
Tushunchalar tahlili metodi:
Ko’l baqasi, qovoqlar, rezonatorlar, yelka kamari to’sh, chanoq, dum suyagi, ko’krak, tirsak,kurak.
Muammoli tahlil metodi(har qanday fikr inobatga olinadi)
1. Nima sababdan baqaning burun teshigi bilan bog’langan?
2. Baliqlarning burun teshigiesa og’iz bo’shlig’I bilan bog’lanmagan?
Test
1.Baqaning boshi tanasiga: Harakatchan bitta umurtqa orqali birikkan
2. Baqaning oldingi oyoqlari skeleti: Yelka, bilak, panja
3.Baqaning orqa oyoqlari skeleti: Som, bolder, tovon, panja
5.Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilarni rag`batlantiraman. O`quvchilarni faolligiga qarab baholab, baholarini e`lon qilaman.
6.Dars yakunida o`quvchilarga uyga vazifa beraman.

Uyga vazifa: Nazorat ishi-5

O’TIBDO’: S. Raximov
O’qituvchi: M.Qobulova скачать шаблон для dle скачать бесплатно фильмы

O'xshash

Konstitutsiya - baxtimiz poydevori

10.01.19 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Ona tili fanidan dars ishlanma

Xonqa tumanidagi 10-son umumiy o`rta ta`lim maktabining Ona tili va adabiyot fani

25.12.16 Yangiliklar
Kimyo fanidan dars ishlanma

     Xonqa tumani 10-umumiy o’rta ta’lim maktabining kimyo fani o’qituvchisi  

13.12.16 Yangiliklar

Добавить комментарий

Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера

Chiqish