03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 30-03-2019, 08:18
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

Nuqta koordinatasi mavzusidagi ochiq dars

admin 10-01-2019, 06:37 276 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Nuqta    koordinatasi  mavzusidagi ochiq dars Sana: 17.XII. 2018-yil
Sinf: 4- "D" sinf
Fan: Matematika
Mavzu: Nuqta koordinatasi. Organilganlarni mustahkamlash.
400-407- misol va masalalar.
Darsning maqsadi:

Talimiy maqsad: Oquvchilarga nuqta koordinatasi haqida tushunchalar berish. Bolinma yozuvining ortasida yoki oxirida nollar hosil boladigan hollarda yozma bolish algoritmini orgatish. Masalalar yechish, sonli nur yordamida sonlarni taqqoslashni orgatish. TK1:Fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
TK2: axborotlarni statistik malumotlar korinishlarining bir turidan boshqa korinishga otkaza olish;
FK: Kattaliklar orasidagi boglanishlarga oid masalalar yecha olish;
Tarbiyaviy maqsad: Oquvchilarga yollarda harakatlanish qoidasini esga solish va yoning qatnov qismida oynamaslikni orgatish; Oquvcilarga kasblar haqida malumotlar berish,kasb tanlashga chaqirish. Hunar organishning ahamiyatini tushuntirish.
TK4: Atrofdagilar bilan ozaro muloqot chogida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash;

Rivojlantiruvchi maqsad: Oquvchilarning hayoliy tasavvurlarini tariflay olish malakalarini rivojlantirish.
FK2: Organilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni oquv vaziyatlarda qollay olish va yangi bilimlar hosil qila olish;

Darsning turi: Tushuntirish, "Tezkor savollarga tezkor javoblar , mustaqil ish metodlari.
Darsning jihozlari:Darslik, AKT, multimediya ilovalari , tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.
Dars taqsimoti:
I. Tashkiliy qism . 5 daqiqa
II. Uy vazafasini sorash va otgan mavzuni mustahkamlash. 10 daqiqa
III. Yangi mavzuning bayoni. 20 daqiqa
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa
V. Baholash. 3 daqiqa
VI. Uyga vazifa 2 daqiqa
I.Tashkiliy qism.
Oquvchlar bilan salomlashaman. Davomatni aniqlayman. Oquvchilarni darsga hozirlayman. Qish fasli haqida suhbatlashaman. Issiq kiyinish kerakligini aytaman.
Qish fasli shonli sanalarni sorab, savol-javob otkazaman. 8-dekabr - Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, 10- dekabr Ozbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun, 31- dekabr Yangi yilni kutib olish kuni ekani haqida haqida suhbatlashaman. Bayramda har-xil pirotexnika vositalaridan foydalanmaslikni tushuntiraman 2018- yil nomini ayttiraman. Oquvchilarni guruhlarga bolaman.
II. Uy vazifasini sorash va otilgan mavzuni mustahkamlash. Oquvchilardan 398- misolni va 399- tenglamalarning yechilishini sorayman. Daftarlarini kuzataman, tekshirib , baholayman. Otilgan mavzular boyicha testlar tarqataman. Javoblarini eshitaman va fikrlarini toldiraman.Guruhlarni ballab boraman. III. Yangi mavzuning bayoni.
Doskaga sanani, mavzuni, chiroyli yozuvni yozaman. 121 122 sonlarini yozaman. 400- misolning yechilishini tushuntiraman. Misolni musobaqa tarzida yechdiraman.Har guruhdan bir oquvchini doskaga chiqarib bittadan misolni yechdiraman.
142 800 : 4 = 35 700
29 004 : 6 = 4 834
509 700 : 5 = 101 940
Misollarni ustun shaklida yechdiraman. Kim birinchi bolib, togri yechsa ragbatlantiraman. Guruhiga ham besh bill qoyaman. 401- masala. Masala shartini oqitaman va tushuntiraman. Tokar 100ta detal tayyorladi. Dastlabki 3 soatda 12 tadan, keyingi har bir soatda 16 tadan detal tayyorlagan. U necha soat 16 tadan detal tayyorlagan? Yechilishi:
1) 12 x 3 = 36 (detal)
2) 100 - 36 = 64 (detal)
3) 64 : 16 = 4 (soat)
Har bir amal bilan nimani bilib olish mumkinligini tushuntiraman. Oquvchilarga kasblar haqida malumotlar beraman. Kasb tanlashga yonaltiraman.
402-masala. Jadvaldan foydalanib, masala tuzdiraman va yechdiraman.
Yechilishi:
1) 25 X 6 = 150
2) 270 - 150 = 120
3) 120 : 3 = 40
Javob: 40 som Masalani mustaqil yechdiraman. 403-masala. Shartini oqitaman va tushuntiraman. Bir qopda 48 kg , ikkinchisida esa 36 kg shakar bor. Hamma shakar 42 ta bir xil xaltachalarga solindi. Har qaysi qopdagi shakarni joylash uchun nechtadan xaltacha kerak bolgan? Yechilishi:
1) 48 + 36 = 84 kg
2) 84 : 42 = 2 kg
3) 48 : 2 = 24 ta xaltacha
4) 36 : 2 = 18 ta xaltacha
Javob : 24 ta xaltacha, 18 ta xaltacha
Oquvchilarga shakarning olinishi haqida malumotlar beraman. Shakarni isrof qilmaslikni aytaman. Shakarni , umuman shirinlikni meyorida istemol qilishni tushuntiraman. Dam olish daqiqasi otkazaman. 404- topshiriq. M,K,A,B nuqtalarga qaysi sonlar mos keladi? Sonli ( koordinata ) nur nuqtasiga mos keluvchi son shu nuqtaning koordinatasi boladi.
405- topshiriq . Chigirtkalar qongan nuqtalarning koordinatalarini oqitaman.
Qaysi nuqta chaproqda : M(2) mi?
Qaysi nuqta ongroqda : K (6) mi yoki C (11) mi?
Oquvchilarning javoblarini eshitaman fikrlarini toldiraman.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash .
Ekran orqali test topshiriqlari bajartiraman. Har guruhdan bir oquvchi chaqiraman 1) Maktab bogiga ekish uchun 24 tup olma va 32 tup olcha kochatlari olib kelindi. Kochatlar har bir qatorga 8 tadan ekildi. Necha qatorga kochat ekilgan? A. 7 B. 5 D. 6 E. 8 2) Maktab kutubxonasi uchun 38 ta ertak, 64 ta badiiy va 78 ta Sheriy kitoblar keltirildi. Keltirilgan kitoblar 12 ta sinfga oqish uchun tarqatildi. Har bir sinfga nechtadan kitob berilgan? A.15 B. 18 D. 24 E. 12 3) Birinchi topda 32 m, ikkinchi topda 28 m gazlama bor. Bitta koylakka 3m gazlama sarflansa , bu gazlamalardan nechta koylak tikish mumkin? A .20 B. 22 D. 21 E. 19 "Bilagon bolajon " oyinini ham otkazib, otilgan mavzuni mustahkamlayman. V. Baholash.
Oquvchilarning darsdagi ishtirokiga, faolligiga, topqirligiga qarab, bilimlarini baholayman. Guruhlarning toplagan ballarini hisoblayman va golib guruhni aniqlab, ragbatlantiraman. VI.Uyga vazifa.
406-407 masala va misollarni uyga vazifa qilib beraman. 407- misolni ustun shaklida yechishni tushuntiraman. Darsni yakunlayman.
Oqituvchi: F. Quryozova
OTIBDO: N. Matnazarova dle

O'xshash

Konstitutsiya - baxtimiz poydevori

10.01.19 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Manaviyat darsi

04.12.18 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi Quryazova Fotima ustozning 2-sinflardagi ochiq darsidan lavhalar

Xonqa tumanidagi 10-son umumiy o'rta talim maktabining boshlangich sinf qituvchisi

31.03.17 Tadbirlar
Ona tili fanidan dars ishlanma

Xonqa tumanidagi 10-son umumiy o`rta ta`lim maktabining Ona tili va adabiyot fani

25.12.16 Yangiliklar

| | |

Chiqish