03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 30-03-2019, 08:18
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

Konstitutsiya - baxtimiz poydevori

admin 10-01-2019, 06:21 218 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Sana:
Sinf: 4,,A
Fan: Odobnoma
Darsning shiori:,, Har bir bola mustaqil fikrlash huquqiga ega
Mavzu: Konstitutsiya - baxtimiz poydevori.
Darsning maqsadi: a) Talimiy maqsad-oquvchilarga mavzu yuzasidan tushuncha berish, konstitutsiya sozining manosi, konstitutsiyaning qabul qilinishi, uning ahamiyati, undagi bilim olish huquqi , burch va masuliyatlarimiz haqida tushuncha berish, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish
b) Tarbiyaviy maqsad- oquvchilarga ekologik , estetik tarbiyalarni berish, vatanga sadoqatli, insonlarga mehr- oqibatli bolish, oz xalqining tarixiy, manaviy va madaniy merosini asrab- avaylash, ornatilgan qoidalarga rioya qilishga undash
s) Rivojlantiruvchi maqsad- oquvchilarni fikrlash doirasini kengaytirish, oz fikrini erkin va tushunarli bayon qilishga undash
Darsning tipi: Yangi bilim berish tipidagi dars
Darsning metodi: a) Guruhlarda ishlash
b) Bahs- munozara
s) ,,Bu kim?, ,,Bu nima? usuli, Klaster usuli, jadval bilan ishlash
Darsning jihozi: Darslik, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Manaviyat qalbim quyoshi kitobi, shiorlar, plakatlar, mavzuga doir slayd va rasmlar.
Darsning taqsimoti:
Tashkiliy qism 4 daqiqa
Otgan mavzuni sorash 11 daqiqa
Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash 9daqiqa
Oquvchilarni ragbatlantirish 3 daqiqa
Uyga vazifa berish 3 daqiqa
Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism: Salomlashib, sinf tozaligiga qarayman, yoqlamani aniqlab sinf jurnaliga qayd qilaman, oquvchilarning darsga tayyorgarligini sorayman, dekabr oyidagi muhim sanalarni , fan oyligini, yurtimizdagi muhim voqealarni sorab olaman.
II.Otilgan mavzuni mustahkamlash
Otilgan mavzuni sorab olish uchun sinfni uch guruhga bolib, otilgan mavzuni ,,Bu kim? , ,,Bu nima? usuli orqali mustahkamlab oliaman. Bunda doskada va slaydda uchta mashhur kompozitorlarning rasmlari chiqadi. Oquvchilar javob bergach, uchta musiqiy asbobni rasmi chiqadi va buni ham oquvchilar topishlari kerak. Keyin otilgan mavzuga doir ikkita oquvchi tomonidan sahna korinishi korsatib beriladi.
III. Yangi mavzuni bayoni
Yangi mavzuni bayon qilishdan oldin ,,Klaster usulidan foydalanaman va davlat ramzlarini oquvchilarning esiga solaman. Ramzlarning orasida konstitutsiyaga alohida toxtalib mavzuni bayon qilishda davom etaman.Oquvchilarning mavzu yuzasidan bergan malumotlarini tinglayman. Konstitutsiya davlatning ijtimoiy va siyosiy tizimini, davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyatini, fuqarolarning huquq va burchlarini belgilab beruvchi asosiy qonundir. Bir so`z bilan aytganda, konstitutsiya hayotimizni huquqiy jihatdan tartibga solib turadi.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. U 6 bo`lim, 26 bob , 128 moddadan iborat. Fuqarolar, shu jumladan bolalarning huquq va erkinliklari Konstitutsiyamizning ikkinchi bo`limida qayd etilgan. Konstitutsiya - lotincha < BAXT QOMUSI
Vatanimni yashnatar
Istiqlolning ziyosi.
Xalqni baxtiyor etar
Erk, adolat dunyosi .


Ozod mamlakatimda
Konstitutsiyam - baxtim .
Vatanga sodiq bo`lib
O`sish yurakda ahdim


Hammaning haq-huquqi
Aniq bayon etilgan.
Halol yashash yo`llari
Qonun qilib bitilgan.


Doim himoyasida
Inson faxr, nomusi.
Yashasin mustaqillik
Yaratgan baxt qomusi.
IV.Yangi mavzuni maustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun mavzu ichidagi qiyin atamalarni harflarini almashtirib tashlab jadval asosida mustahkamlayman. Aqliy hujumdan foydalanib, bir necha savollar beraman.
1. Kostitutsiya qachon qabul qilingan?
2. U necha bolim , bob, moddadan iborat?
3. Unda qanday huquqlarimiz bayon etilgan?
4. Unda qanday majburiyatlarimiz bayon etilgan?

V. Darsda faol qatnashgan oquvchilarni ragbatlantiraman va guruhlarni olgan ballarini elon qilaman.

VI. Uyga vazifa : Mavzuning savol va topshiriqlariga javob yozish va yangi mavzuga tayyorgarlik korish.


Oqituvchi: I.Raxmonova.
MMIBDO: N.Matnazarova.
dle

O'xshash

Nuqta koordinatasi mavzusidagi ochiq dars

10.01.19 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Manaviyat darsi

04.12.18 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi Quryazova Fotima ustozning 2-sinflardagi ochiq darsidan lavhalar

Xonqa tumanidagi 10-son umumiy o'rta talim maktabining boshlangich sinf qituvchisi

31.03.17 Tadbirlar
Ona tili fanidan dars ishlanma

Xonqa tumanidagi 10-son umumiy o`rta ta`lim maktabining Ona tili va adabiyot fani

25.12.16 Yangiliklar

| | |

Chiqish