03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 22-05-2020, 06:37
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

Ozbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi mavzusidagi ochiq dars

admin 10-01-2019, 06:12 1090 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Sana:14.12.2018y
Fan nomi: Manaviyat darsi

Sinf: 3 "D
Mavzu: Ozbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
Darsning maqsadi:
a)talimiy: O`quvchilar tafakkurida Ozbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi haqida kengroq tushunchalar shakllantirish
FK1: Adabiy nutqiy kompetensiya: Yangi mavzuga doir yangi sozlarni ogzaki nutqda qollay olish.
b)tarbiyaviy: Oquvchilarni Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash
TK 3: Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: Atrofdagilar bilan muloqot chogida odob-axloq qoidalariga rioya qilishi.
d) rivojlantiruvchi: Oquvchilarni fikrlash qobiliyatlarini va ogzaki nutqini, siyosiy bilimlarini rivojlantirish
TK2:Mavzuga mos mavjud axborot manbalaridan (kitob,kompyuter) foydalana olish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: savol-javob, tushuntirish, suhbat, guruhlarda ishlash.

Dars jihozlari: DVD,disk, Ozbekiston Respublikasining bayrogi madhiyasi, Konstitutsiya kitobi, Madhiya matni.
Dars taqsimoti:
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
2.Otilgan mavzuni sorash: 7 daqiqa
3.Yangi mavzu bayoni: 20 daqiqa
4.Yangi mavzuni mustahkamlash: 10 daqiqa
5.Oquvchilarni baholash: 3 daqiqa
6.Uyga vazifa berish: 2 daqiqa.

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashaman, oquvchilarning darsga tayyorligini tekshiraman;
Navbatchi axborotini tinglab, ob-havo ozgarishlarini sorayman.
II. Otilgan mavzuni musyahkamlash.
"Bizning huquqlarimiz mavzusi boyicha savol-javob otkazaman.
1. Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
2. Oz huquqlaringizni bilasizmi?
3. Bilim olish huquqi qaysi modada belgilangan?
III.Yangi mavzuni bayoni

IstiqlolNaqadar totli,farahbaxsh ne`mat!Uning qadru qimmati bugungi shonli kunimizda namoyon.Bu ne`matga erishmoqning o`zi bir baxt bo`lsa,u bag`rida yaratgan go`zal nishonalarini tuymoq gashti ham o`zgacha sururli.Buning yorqin dalilini esa ozodlik timsollarimiz bo`lmish Konstitutsiya,Bayroq,Gerb va Madhiyamizda to`liq his etamiz. Asosiy qomusimizda:O`zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o`z davlat ramzlari-bayrog`i,gerbi va madhiyasiga ega deyilgan.
Ko`ngillarning taronasi sen madhiyam,
Istiqlolning hamxonasi- sen madhiyam.
Kim qay tilda kuylamasin taronangni,
Olam ichra yagonasi -sen madhiyam!
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to'g'risidagi qonun 1992 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida qabul qilingan. Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so'zi
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Ozbekiston Respublikasining disk orqali eshittiraman. Slaydlar orqali tushuntiraman. Madhiya kishi,narsa,biror voqea maqtab yozilgan she`r,nutq.
Najot-zarur yordam to abad-umrbod,hamisha mangu-abadiy IV Yangi mavzuni mustahkamlash
Aqliy hujum:
1.Madhiya nima ekan? 2.Siz o`qigan madhiya nimaga bag`ishlangan? 3.Davlat madhiyasi ijro etilayotganda qanday axloqiy qoidalarga amal qilish kerak deb o`ylaysiz? Nima uchun? 4.O`zbekiston davlati qanday ekan? 5- Davlatimiz siz bolajonlarga qanday g`amxo`rlik qilmoqda? O`quvchilarning taxminiy javoblarini tinglayman. Bolalarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boraman. Avvaldan tayyorlab qo`ygan rasmlaridan unumli foydalanadi va ular yordamida mustaqillik, davlat gerbi, davlat bayrog`i degan tushunchalarga izoh berib o`taman. Bolalar bilan birga davlat madhiyasini ijro etishayotganida, vatanimiz go`zalligini, buyukligini aks ettiruvchi videofilmni namoyish etaman. Davlat tomonidan o`quvchilarga berilayotgan imkoniyatlarni birma-bir sanab o`taman. Prezidentimizning sovg`asi ushbu imkoniyatlardan biri ekanligi, ularga bildirilayotgan yuksak ishonch ekanligini aytib, bu ishonchga a`lo o`qish va namunali xulq bilan javob berish lozimligini tushuntiraman.
V.Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantirib baholash. Oquvchilarni darsdagi faolligiga qarab baholayman. Golib guruhni aniqlab ragbatlantiraman.
VI. Uyga vazifa:
Davlat ramzlarini kengroq organish, Madhiyani kuylashni mukammal organish. dle

O'xshash

Nuqta koordinatasi mavzusidagi ochiq dars

10.01.19 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Konstitutsiya - baxtimiz poydevori

10.01.19 Yangiliklar, Dars ishlanmalar
Manaviyat darsi

04.12.18 Yangiliklar, Dars ishlanmalar

Chiqish