03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 12-03-2019, 04:06
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

Savodxonlik bayrami

admin 10-01-2019, 05:59 90 Yangiliklar, Ssenariylar
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi
10-son umumiy orta talim maktabining boshlangich sinf oqituvchisi
Jumaniyazova Moxiraning
1-"E sinfida otkazadigan
"SAVODXONLIK BAYRAMI "




2018-2019-oquv yili




Savodxonlik bayrami
Sahnaga chiroyli kiyingan oquvchilar Ozbekiston kuyi ostida chiqib kelishadi. O'quvchilar chiqib kelayotgan joyda "Bilimlar mamlakati" deb yozib qoyilgan.

2 oquvchi davraga chiqib:
1-oquvchi: Assalom ustozlar
2-oquvchi: Assalom ota-onalar
1-oquvchi: Assalom mehmonlar
2-oquvchi: Assalom jajji bolajonlar
1-oquvchi: Bilimlar mamlakatiga
2-oquvchi: Xush kelibsiz

Oqituvchi:
Asssalom mehmonlar motabar suyuk
Assalom ustozlar nomlari buyuk
Assalom otalar baxt posbonlari
Assalom onalar fidoyi joni
Assalom bolajon iqboli porloq
Bugun ilk bayramga yetishgan quvnoq
Sizlarga aytayin bir shirin tilak
Savodxonlik bayrami bolsin muborak
Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar, uzoq yaqindan kelgan mehmonlar, aziz ustozlar . Bugungi savodxonlik bayramiga xush kelibsiz. Kechamizni ochib berish uchun sozni maktabimiz direktori Q. Abdullayevga bersak. Boshlovchi: Aziz bolajonlar , bugun siz uchun eng quvonchli kun. Chunki siz kitoblarning tongichi "ALIFBEni tugatib, "SAVODXONLIK BAYRAMIni nishonlash uchun yigilib turibsiz. Bu bolalar 4 oy oldin maktabga birinchi marta qadam bosib kelgan edilar. Bugun "Bilimlar mamalakatida sayr qilib yurishibdi.
_ Bolajonlar bugun siz,
Ilk davondan oshasiz.
Barchangiz tirishqoqsiz,
Oqish uchun shoshasiz.
Men sizlarga ushbu kunda,
Baxtu omad tilayman.
Kamolingiz korishlikni,
Yaratgandan sorayman.
Barchangizga bilim berdim,
Orgatdim qora, oqni,
Oqish, yozish, sanashni-yu
Nuqta, vergul, sanoqni.
Mana, bugun savodxonsiz,
Hech narsaning yoq kami.
Qutlug bolsin ushbu ayyom,
"Savodxonlik bayrami
Bolalar: Rahmat!
Farangiz :- Quyoshdek shula sochgan,
Bilimga keng yol ochgan.
Bizni erkalab quchgan,
Sizgadir ushbu kalom,
Muallimim assalom.
Aziza:- Uzun tunlar allalab,
Oq yuvib oq tarab.
Ostirdingiz erkalab,
Sizgadir ushbu kalom,
Onajonlar, assalom!
Otajonlar assalom!
Fazliddin:- Kunday yorug darsxona,
Biz farzandmiz, siz-ona.
Bolib bizga parvona,
Dilda ardoqli kalom,
Ona maktab assalom!
Parizod:- Dong taratib jahonga,
Erk bergan har insonga,
Qaytdik dinu iymonga,
Dilda ardoqli kalom,
Mustaqil yurt assalom!
Boshlovchi: - Yodingdami 4 oy oldin
Maktab dargohiga kirib kelganing
Quvonch bilan faxrlanib
Alifbeni qolga olganing. Aziz bolajonlar maktabga ilk bor kelganingizda siz oqish, yozishni bilmas edingiz. Kitoblarni faqat rasmlarinigina tomosha qilar edingiz. Endi-chi kitobda nima yozilganini darrov oqib, bilib oladigan boldingiz. Boshlovchi: - Aziz ota onalar, Shirin -shakar bolalar. Bugun bayram, tantana Ham katta shodiyona. Savodxonlik muborak, Sizgadir ezgu tilak. Hamma: Raxmat sizga muallim, Bizga berdingiz talim. Boshlovchi: Mana ota-onalar Kelishibdi tabriklab. Yigilganlar shod-hurram Zavqlanar bizga qarab. Boshlovchi : Qanday qilib savodxon Bolib oldingiz chunon? Munisa: Alifbe boldi sirdosh Ilm yolida yoldosh Sochdi ziyo nurini Bolib misoli quyosh Umidbek: Alifbeni chaqirsak Baravar qarsak chalsak Kelar bizga mehmonga Shu ajoyib makonga Hamma: Alifbejon kelaqol Bizga mehmon bolaqol (Alifbe kirib keladi) M. Bunyod Alifbe: Assalom bolajonlar Aqli soz bilagonlar Bugun shodlik muborak Savodxonlik muborak Bolajonlar: Raxmat senga Alifbe Ozing berding barini Alifbe: Ayting nelar bildingiz? Ne sirlar organdingiz? Menga sovga bolsin deb Nelar tayyorladingiz? Munisa: Chiziqchalar chizishni Oqishni va yozishni Husnixat-u qiroat Sendan organdik faqat Alifbe: Qani ayting nechta harf Nechta tovush bor menda Jahongir: 29 harf bildik 30 tovush bor senda Alifbe: Qani harflar sozlasin Tartib bilan tizilib Bolajonlar sozini Eshitay maza qilib (Harflar chiqadi) Boshlovchi: Aziz bolajonlar bilimlar mamalakatida bemalol yurish uchun harflarni tanimoq, oqish-yozishni bilish zarur. Qani koraylikchi bolalar harflarni tanirmikan? Amirxon: Tarib bilan saf tortgan 29 bahodir Ulardan A degani Hammasiga komandir Marjona A- Ayiqpolvon ormonda Yemish izlab yuradi. Uxlaganda tushida Har kun asal koradi. Umudbek B- Buzoqcham ipin uzib Yugurar har tomonga. Birdan toxtadi-qoldi, Kirib somonxonaga. M. Bunyodbek D- Doppiman, boshingizda Xop yarashib turaman. Otirsangiz otirib, Siz yursangiz, yuraman. Malak E - Echkimiz egiz tugdi: Ikki oppoq uloqcha. Endi boqib yuraman Olib qolga tayoqcha! Fazliddin F- Filni men ham korganman. Quloqlari shapaloq. Kap-katta bolgan bilan Sichqondan qorqar biroq. J. Bunyodbek G- Guldan gozal nima bor?! Gulni yaxshi koraman. Gulni goho hidlasam, Goh kozimga suraman! Shukurjon H- Hokizimni yam-yashil Otloqlarda boqaman. Ozim maysa-gilamda Kitob oqib yotaman Yunusbek I- Itimizning oldiga Tashlab turaman suyak. Tashlamasam jim yotar, Demay qoyadi: "ak-ak! Buburjon J Jojalarim "chiy-chiy deb, Don-dun izlab yuradi. Baridan ham kepakni Juda yaxshi koradi Diana K- Kungaboqar - chiroyli Kunga boqib turadi Kulganida barchaga Gulday yoqib turadi. Oybek L- Lola togda boladi, Biram gozal kuladi. Bahor chogi ochilib, Bizni xursand qiladi! Tojiboy M- Mushugimni erkalab Yunglarini silayman. Har kuni erta bilan Sut, non bilan siylayman. Parizod N- Non yopganda oyijonim Mehga kulcha beradi. Kulcha yuzimdan opib Meni yaxshi koradi! K. Bunyodbek O- Otimizga yem bersam, Menga toycha beradi. "Kitir-kitir qilgancha Yemini yeb turadi. Jahongir P- Pamidor-u bodringni Qoshib tograb yeydilar. Songra esa, ekkanga Dildan rahmat deydilar. Oydinoy Q- Qozichogim men bilan Chopib oynab yuradi. Boynida qongiroqcha Shox jaranglab turadi. Munisbek R- Rubobim bor rubobim, Yuring, chalib beraman. Agar oynab tursangiz Menam chalaveraman. Jamoladdin S- Sigirimni podaga Qo`shib kelaman har kun. Oyim qaymoq beradi Qoshib kelganim uchun Amirxon T- Toychogim manglayida, Oq qashqasi-dogi bor. Katta bolgach, "chuh desam, Poygada ozar jonivor. Munisa U- Uzumlarning uzumi Husayniman, Husayni! Dugonaman qizlarga, Ogillarga ogayni. Sirojbek V- Varrak degani menman, Bolalarga oyinchoq. Osmonlarda uchaman Gozal bahor kelgan chog! Farangiz X- Xorozim bor , xorozim, Yangrab ketar ovozi. Tong otar-otmasidan, Jaranglab ketar sozi! Muxriddin Y- Yolbarsni ham korganmiz, Katta mushukka oxshar. Ustidagi kiyimi Oziga xop yarashar. Shodiyor Z- Zogchalarning ovozi Kuzda yangrab ketadi. Birgalashib sayrasa Uzoqlarga yetadi! Ziyodaxon O- Ordakchamiz hovuzda Suzib yuradi yayrab. Tumshigi biram yaxshi, Turgim keladi qarab! Asadbek G- Gozimizning boynidan Quchoqlab olsam deyman. Asta-sekin yurganda Maza qilib qarayman! Aziza Sh- Sholgom-sariq va qizil, Yaproqlari yam-yashil. Qaynatilsa gosht bilan Pishib ketadi hil-hil. Farangiz CH-"Chirq-chirq etib chumchuqlar Uchib yuradi bogda. Uzumlarni yeb qoyar, Shunisi sal chatoq-da! Shodiyor Ng- "Mening, "sening deganda Oxirida biz bormiz. Boshqa harflar kabi El ishiga tayyormiz! Ziyodaxon (,)- Men harf emasman, Tovushim ham chiqmaydi. Kimning kelsa bilgisi. Menman tutuq belgisi. Uchrayman qaysi sozda? Qani kim topar albat! "Alifbo bayrami qoshigi (M. Bunyod, Malak, J. Bunyod, Diana) "Ahil dostlar sahna korinishi (Malak, Marjona, J. Bunyod,Diana) Alifbe: Bolajonlar, men sizga Birinchi kitobdurman Dilingizni yoritgan Goyoki oftobdurman Kordim, bugun donosiz Hammadan ham alosiz Oqish yozishni bilgan Aqlingiz ham rasosiz Endi boray dam olay Sizga baxt-omad tilay Xayr Bolajonlar Bolalar: Xayr alifbe Vatan: (Raqs qizlar) ( Malak, Diana, Munisa, Farangiz ) Boshlovchi: Barakalla, bolalar biz ko'rdikki, alifbodagi hamma harflarni tanib olibsiz. - Lekin shu harflarni qoshib so'zlar ham yoza olasizmi? Malak: - Albatta, biz harflarni qo'shib ozimiz uchun sevimli bo'lgan Vatan, ota, ona, ustoz, yurtboshi kabi so'zlarni hech qiynalmay yoza olamiz. Marhamat hozir sizlar buning guvohi bo'lasiz. Asadbek: Bizni bag'riga bosgan Bolalar yayrab o'sgan Yuksalaver yildan - yil O'ZBEKISTON - jon vatan. Oquvchilar vatan haqida sherlar aytadilar. ( Parizod, Asadbek, Malak, Oybek) K. Bunyod: Farzandiga jon fido Tinib - tinchimas also Bardam salomat boling OTA - ONAM doimo. Diana: "Otajon sheri Marjona- Vatanni kim yaratgan? Bilasizmi bolalar Kim dunyoni tebratgan? Bilasizmi bolalar? Bizga oq sut bergan kim? Dilimizni kim bergan? Yolimizda tikanni Kiprigida kim tergan? Jamoladdin: U tunlar uxlamagan, Chirogim onam mening. Jannat menga ne kerak, Makka madinam mening. Jahongir: "Ona borki sheri Siroj: Onalar bor olam qoshiq xonadur, Onalarni maqtasang dil qonadur. Farzand uchun kim quvonib yonadur, Onadur ul, onadur ul onadur. Malak: "Bobojonim sheri Farangiz: "Ona qoshigi Muxriddin: Bilimlar mamlakatin Makon aylagan bizga Tazimu rahmat deymiz Sizday aziz USTOZga Yunusbek: Rahmat sizga ustozim Bizni juda sevdingiz Ongimizni uygotib Bilim-saboq berdingiz Oquvchilar ustozlar haqida sherlar aytadilar ( Diana, Parizod, Farangiz) Shukurjon: Ushbu tinch yer, osmon uchun, Erkin quvnoq zamon uchun, Shunday shirin davron uchun, Rahmat sizga Prezident bobo. Shodiyor: Bosh bo`ldingiz istiqlolga. Erishdik chin istiqbolga, To`lar bo`ldi hayot bolga, Rahmat sizga Prezident bobo Munisa: Yosh avlodni oylagan Baxtimizni soylagan Sog omon,bolsin boshi Rahmat sizga YURTBOSHI. ( SH. M. Mirziyoyev rasmi) Bolajonlar biz sizlar bilan birgalikda "2017-2021- yillarda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustivor yonalishi oyicha harakatlar strategiyasi (2017 fevral) va Davlat ramzlari haqida bilimlarga ega boldik. Parizod: Gerbimizda toglar bor. Daryolar bor boglar bor. Ong tomonda bugdoyzor Chap tomonda paxtazor. Chambarakka oralgan Vodiy uzra quyosh bor Hurligimizning ramzi Humo degan qushi bor. (Ozbekiston gerbi olib chiqiladi) Asadbek: Ozbekiston bayrogi Kozlarimning qarogi Yuz korsatding jahonga Toza dillar charogon (Ozbekiston bayrogi olib chiqiladi) Farangiz: Huquqimiz bilamiz Burchimiz ham yodda bor. Bosh qomusda "Burchingni bajar Degan modda bor. Ota-onaga hurmat, Qonunlarga itoat. Ona yurtga sadoqat, Hammamizga burch odat. Oydinoy: " Baxtimiz qomusi sheri "Ozbekiston vatanim manim sheri (M.Bunyod) Boburjon: "Vatan sheri "Ozbegim raqs ( Malak, Diana, Marjona , Shukurjon, Munisa, Farangiz) Boshlovchi: Barakalla bolalar, juda ajoyib bolalar ekansizlar. Qisqa muddat ichida shuncha narsani bilib olibsizlar. "Bilimlar mamlakati" sehrli olka. U yerda sayr qilgan kishi kop narsalarning guvohi bo'lishi mumkin. Siz ham bizga bu mamlakatda yana nimalarni korganingizni aytib bersangiz? Farangiz: Biz u yerda buyuk allomalarimizni, olim. shoir, donishmand bobolarimizni, turli ertak qahramonlarini uchratdik. Boshlovchi: Demak, hozir buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida sahna korinishi tomosha qilamiz. Marhamat! rpach to'shalgan. Bir bola, Alisher Navoiy, zar chopon kiygan, kitob oqib otiradi. Otasi kirib keladi. Alisher sezmay kitob oqishda davom etadi. Otasi yo'talib qo'yadi. Alisher sezib qolib, sakrab o'rnidan turadi. Egilib ta'zim qiladi va: - Assalomu alaykum, otajon. Otasi: Valeykum assalom, Alisher ne ish bilan mashg'ulsen. Toychog'im? Alisher - Albatta, otajon. Men kitobni oqib otiribmen. Otasi: - Toychog'im. Hali katta bo'lsang, kop kitob o'qursan. Hozir ortoqlaring bilan oynagin. Men senga sovg'a keltirdim. (Qoynidan sopol qo'chqorcha olib Alisherga beradi) Alisher: (sovg'ani olib diqqat bilan tomosha qilib) - Rahmat otajon ortoqlarim bilan o'ynaymiz. Otasi - Oyinchoq yoqdimi? Alisher: Juda chiroyli o'yinchoq ekan. Buni yasash uchun kulol ancha mehnat sarflagani ko'rinib turibdi. Otasi - Toychog'im, bor o'rtoqlaring bilan o'ynagin Alisher: - Otajon, menga yana qiziq kitoblar keltirib bering. Men oyinchoq o'ynashdan kora kitob oqishni yaxshi korurmen. Otasi: - Barakallo Inshoolloh, bilimli, donishmand bola bo'lursiz. Men sizga yana kitoblar keltirurmen. Hozir esa oyinchogingni bolalarga korsat Alisher: - Xop bo'ladi, otajon ( Alisher chiqadi) Oquvchilar: Oquvchilar kitob haqida sherlar aytishadi. (Marjona, Shodiyor, M. Bunyod) Boshlovchi: Aziz oquvchilar Hurmatli prezidentimiz takidlaganidek kitobni sevish va kop kitoblar oqib Ulug allomalarimiz izidan borishimiz va vatanimiz yanada gullab yashnashi uchun oz hissamizni qoshadigan insonlar bolib yetishaylik. Boshlovchi: Bugun bizning bilimlar mamlakatimizda bolalarning sevimli kitoblari oqish, ona tili, matematika, Ingliz tili kitoblari ham sayr qilib yurishgan ekan. Hozir ularni sahnaga taklif etamiz va oz tilaklarini aziz bolajonlarga bildirishlarini iltimos qilamiz. Marhamat sahna sizga muntazir. Malak: Oqish kitobi: Salom yangi dostlarim Erka, qora kozlarim Bugun sizga yurakdan Atalgandur sozlarim Meni "Oqish deydilar Oqib - uqish deydilar Mendagi har mavzuni Mag'zin chaqish deydilar Meni asta varaqlab Mazza qilib oqursiz Ibrat olib so'zimdan Xalqimizga yoqursiz O'qing meni ardoqlab Men, do'stingiz bo'laman Qo'lim berib sizlarga Yoningizda bolaman Diana:Ona tili kitobi: Menman "Ona tiliman Elim dono tiliman Onalar sof vijdoni Otajonlar diliman Oqing meni varaqlab Yurakdan hurmat saqlab Ona tilim sehri Ardoqlab, sevib, yoqlab Tilimiz xazinasin Sizga asta ochgum bor Ona tilim sehrini Marjon kabi sochgum bor. Boburjon: "Oz tilim sheri Marjona: Ozbekiston Respublikasining davlat tili ozbek tilidir. Agar odamlar oz tilini unutsa, millatni yoqotadilar. Aziza:Bola godakligidan ona allasini ona tilida eshitadilar, vatanimiz biz uchun yagona, onamiz ham yagona, shuning uchun Ona- Vatan, Ona tilim, deymiz. Amirxon: Oz-oz organib dono bolur Qatra-qatra yigilib daryo bolur. Munis: Bilmaganni sorab organgan olim, Orlanib soramagan oziga zolim. Boshlovchi: Bolajonlarimiz ozbek tillari bilan birgalikda ingliz, fransuz va rus tillarini ham organib kelmoqdalar. Hozir ozlari bilgan sherlaridan aytib beradilar.(Muxriddin, Asadbek, Marjona, Diana, J. Bunyod) Oyin: (Malak, Oydinoy, Parizod, Munisa, Farangiz, Yunusbek, Munisbek, Sirojbek, Jamoladdin, Oybek) Oydinoy:Tilga etiborsiz-elga etiborsiz.(Rus tilida she r) Endi navbat matematika kitobiga: J. Bunyod: Matematika kitobi: " Matematika o'zim Quyoshday issiq yuzim Raqamlardan boshlanar, Tinglasangiz gar sozim. Onta raqam jo menda Kerakdurman har yerda Aqlingni charxlayman. Har misol, har amalda 21 asr Kompyuter asri Bilimdon donolarga Ochiqdir bilim qasri Men sizga dost bo'laman, Hamdam, ham do'st bo'laman. Raqamlarni tanitib. Tort amalni bilaman Malak: Mittilarim ulkanlarim Bitta safda turinglar Oynanglaru kulinglar Siringizni sozlanglar Barchasi safda tursin Raqamlar tilga kirsin Umidbek: 0 - Nolman raqamlar ichra, Yolgiz mendan yoq foyda. Jahongir: 1 - Bir degan sanoq sonman,, Sanash uchun osonman. Bitta yurak, bitta bosh, Bitta oy-u, bir quyosh. Diana: 2 - Qanotimni korganlar, Qiyos etar oqqushga. Mendan dir-dir titraydi, Ixlosi yoq oqishga. K. Bunyodbek 3 - Meni derlar uch soni, Mukammal va manoli. Bolsa hamki nomim uch, Mujassamdir menda kuch. Shukurjon 4 - Men 4 degan raqamman, Ikkita 2 dan jamman. Bolsa ikkita juft ortoq, 4 ta bolar osha chog. Tojiboy 5 - Meni derlar besh soni, Alochilarning joni. Olti sonidir akam, 3,4 soni mendan kam, Bola sevgan raqam "besh, Qorni katta goyo mesh. Oydinoy 6 - 5 dan keyin 6 man, Raqamlarning oldiman. Ikkita 3 ni qoshsang, bas, Hech qachon esdan chiqmas. Jamoladdin 7 - 7 degan nomim bor, Raqamlar ichra nomdor. 6 va 1 bosa jam, Tayyor bolaman men ham. Sirojbek 8 - Sanamay demang 8, Ikkita 4 ni qoshsang, Hozir bolaman shu on, Yaxshi bilgin, ukajon. Farangiz 9 - Mehmonga keldi toqqiz, Goyo akrobatchi deysiz. Boshi bilan tursa gar, Oltiga aylanib qolar. Shodiyor 10 - Men on degan sonman, Men kopman-on jonman. Ikki qolda bor panja, Qancha bolsa, men shuncha. Bilish qiyin emas hech, Qoshilsa bas, ikki besh. Sonlar: 1, 2, 3. Birlikdadir kuch Aziz bolajonlar yana nimalarni organdingiz? - Sanashni, misol, masalalar yechishni organdik. - (Oydinoy, Shukurjon, Oybek, Boburjon ) "Raqamlar " qoshigi (Qizlar ijrosida) Hamma: Maqollar Hamma:Topishmoqlar "Javobini toping oyini (Topishmoqlarni javoblarini onajonlar topadilar) Endi navbat tez aytishga, musobaqa asosida otkaziladi. ( J. Bunyod, Diana, M. Bunyod, Malak, Shodiyor, Farangiz, Asadbek, Siroj) Golib chiqqan oquvchiga sovgalar beriladi) Boshlovchi: Aziz bolajonlar juda kop narsalarni organibsiz. Endi siz Yurtboshimiz ishonchini oqlash uchun Vatanimizni gullab yashnashi uchun qanday inson bolishingiz kerak? 1. Bobolarday oqil bolishga 2. Yurtboshimday yurtni sevishga 3.Vatanimni kozday saqlashga 4. Xalq ishonchin dildan oqlashga 5.Ustozlar ogitin dildan oqlashga 6.Yaxshi yomon ishni bilishga 7.Ona yurtga kerak bolishga 8.Doim ulug ishlar qilishga 9. Onam sutin dildan oqlashga 10. Kerak bolsa jonim berishga Hamma: Qasamyod qilamiz Qasamyod qilamiz Qasamyod qilamiz M. Bunyod "Botir askar sheri (Ogil bolalar ijrosida raqs) Munis, J. Bunyod. M. Bunyod, Muhriddin, Fazliddin, Shodiyor Aziza: Bizlar maktab qoynida O'qib olamiz bilim Kelajakda bolaylik Yurtga kerakli olim. Men Aziza qizingizman Yurtim seni asrayman Bilim olib, mehnat qilib Oz burchimni oqlayman. Asadbek: Onam kabi mehribon, Vatanim Ozbekiston. Bagringda yashayman chog, Orzularim bepayon. Tillarda afsonasan, Boshimda parvonasan. Onajon Ozbekiston, Dunyoda yagonasan. Ona yurt jannatmakon, Bolagimiz shodon. Marjona: Quchogingda yayraymiz, Onajon Ozbekiston. Bogingda bir gunchaman, Sen gullar tolgan chaman. Vatan bir kun ulgayib, Osmonlaring quchaman. Momomning ertagisan, Quyoshning yuragisan. Ozbekiston ozbekning, Umidi tilagisan. Boshlovchi: Aziz bolajonlar Bilimlar mamalakatida yana kimlarni kordingiz? Bolalar: Qorbobo va Qorqizni. Oqituvchi: Kelinglar bolajonlar birgalikda Qorboboni chaqiraylikchi. Bolalar: Qorbobo, Qorbobo, Qorbobo davramizga marhabo. Qorbobo va qorqiz kirib kelishdi. ( Qorbobo bolalarni " Alifbe " bayrami va " Yangi yil bilan tabriklaydi) ( Bolalar yangi yil, archa va qorbobo haqida sherlar aytadilar). Bolalar: " Yangi yil qoshigi ni ijro qiladilar.(Malak,Jahongir;Jamoladdin,Parizod,Ziyodaxon,Shukurjon.) "Oppoq qor qo`shig`i qizlar raqsi (Parizod, Ziyodaxon, Shukurjon, Aziza, Marjona, Oydinoy) "Boy bola qoshigi (Ogil bolalar raqsida) Qorbobo: Bolalarga sovgalarni ulashadi va xayrlashadi. Bolalar: Xayr Qorbobo. Boshlovchi: Soz ota-onalarga. ( ota-onalar oquvchilarni va oqituvchilarni bayram bilan tabriklashadi) Boshlovchi: Bayramni yakunlash uchun soz navbati maktabimiz direktori Q. Abdullayevga Marhamat! Boshlovchi : Mana aziz ota-onalar, uzoq yaqindan kelgan mehmonlar, mehridaryo ustozlar! Shuning bilan " Savodxonlik bayrami" miz ham oz nihoyasiga yetdi. Sizlarga tichlik, soglik, salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilayman. " Yangi 2019-yil siz uchun omadli yil bolsin. Bayramni xursandchilik bilan kutib oling!!!
1 - " E" sinf rahbari: M. Jumaniyazova

OTIBDO: N. Matnazarova
dle

O'xshash

SAVODXONLIK BAYRAMI

10.01.19 Yangiliklar, Ssenariylar
Savodxonlik bayrami

10.01.19 Yangiliklar, Ssenariylar
Savodxonlik bayramining tadbir ssenariysi

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10-son umumiy orta talim maktabining boshlangich sinf

12.01.17 Ssenariylar, Tadbirlar
Ona tili fanidan tadbir

  Xonqa tumanidagi 10-son umumiy orta talim maktabining ona tili va adabiyot fani

25.12.16 Ssenariylar, Tadbirlar
Informatika fanidan tadbir ssenariysi

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10-son umumiy orta talim maktabining 6-sinflari ortasida

04.03.16 Tadbirlar

| | |

Chiqish