03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 18-09-2019, 11:07
Qaydnoma
все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать

9-sinflar uchun dars ishlanma

admin 10-04-2015, 13:27 1229 ---

Xonqa tumanidagi 10-umumiy o’rta ta’lim maktabining Informatika fani o’qituvchisi Qo’chqarov Javlonbekning 9-sinflar uchun yozgan bir soatlik
































Sana:    24.02.2015
Sinf:        9-A, B

Mavzu: Prodsedura va funksiyalar.

Darsning maqsadi:

a)    ta’limiy: o’quvchilarga prodsedura va funksiyalar haqida tushuncha berish;
b)    tarbiyaviy: o’quvchilarga komyuter oldida o’tirib ishlashni, tartib –intizomni joyida bo’lishini, prodsedura tushunchasi va funksiya haqida  tushuntirish;
c)    rivojlantiruvchi: o’quvchilar ongida prodsedura tushunchasini hamda funksiya haqida tushuncha hosil qilish mavsu yuzasidan rivojlantiruvchi savollar berib, rivojlantirish;
Dars turi: yangi bilim berish;
Dars jihozi: kompyuter, darslik, proyektr, ekran;
Dars metodi: interfaol;

Dars taqsimoti:

1.    Tashkiliy qism  2 daqiqa
Salomlashaman, navbatchidan daomatni aniqlab, sinf tozaligini tekshiraman.
2.    O’tilgan mavzuni so’rash  10 daqiqa
1)    Paskalda fayllar bilan ishlash qanday amalgam oshiriladi?
2)    Fayllar bilan ishlash prodseduralarqaysilar.
3)    Rewrite(f) prodsedurasi qanday vazifani bajaradi?
3.    O’quvchilarga ball qo’yaman  3 daqiqa
4.    Yangimavzuni bayoni 20 daqiqa
Yangi mavzuni o’tilgan mavzuni davomi bo’lgani uchun tushuntirishni boshlayman.
Ko‘pincha ma’lum amallar majmuini dasturning turli qismida takrorlashga to‘g‘ri keladi. Paskalda ko‘p takrorlanadigan amaUar majmuini asosiy dasturdan ajratib olib, ulardan alohida bloklar — protsedura va funksiyalar tashkil qilish mumkin. Har bir shunday tashkil etilgan protsedura va funksiyaga albatta nom beriladi. Kerakli protsedura yoki funksiyaga uning nomi orqali murojaat etiladi. Protsedura va fimksiyalardan oqilona foydalanib tuzilgan dastur, odatda, sodda va tushunarli bo'ladi.
Protseduralar ham, funksiyalar ham ma’lum amallar majmuidan iborat bo'lsa, ular bir biridan nimasi bilan farq qiladi?
Funksiyalar, umuman olganda, biror bir qiymatni hisoblashga mo'ljallab tuziladi. Pirovard natijada hisoblangan qiymat funksiya nomiga o'zlashtiriladi.
Protseduralar esa ma’lum bir amallar ketma-ketligini bajarish maqsadida tuziladi. Bunda biror natijaviy qiymat hisoblanishi emas, balki berilgan amallar ketma-ketligi bajarilishining o'zi ahamiyatga ega.
Masalan, dasturda tomonlari berilgan uchburchak yuzini bir necha marta hisoblash kerak bo'lsa, funksiyadan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki bunda har safar birgina qiymatni — uchburchakning yuzi hisoblanadi. Agar uchlarining berilgan tomonlari bo'yicha ekranda bir nechta uchburchak chizish talab etilgan bo'lsa, tabiiyki, birgina qiymatni hisoblashga mo'ljallangan funksiya emas, balki, ekranda uchburchak chizish jarayonini tashkil etuvchi protsedura tuzish lozim.
Protsedura va funksiyalarni ularga murojaat etishda beriladigan ma’lum bir qiymatlarga bog'liq qilib tashkil etish ham mumkin. Bu qiymatlar parametrlar, shu tarzda tashkil etilgan protsedura va funksiyalar esa parametrli protsedura va funksiyalar deyiladi.
Protsedura va funksiyalar sarlavha bilan boshlanadi. Protsedura sarlavhasi quyidagi umumiy ko'rishga ega:
Procedure <protsedura nomi> (parametrlar);
Funksiya sarlavhasi quyidagi umumiy ko'rinishga ega:
Function <funksiya nomi> (parametrlar) : <funksiya qiymatining turi> ;
Parametrli protsedura va funksiyalarda parametrlarning turlari ham tavsiflanadi. Masalan,
Function daraja (a, n : Integer):Integer; yoki Procedure shifr(satr: String);

Protseduranjng umumiy tuzilishi:        Funksiyaning umumiy tuzilishi:
Procedure <protsedura nomi>        Function <funksiya nomi>
(parametrlar);        (parametrlar) :turi;
Label        Label
<nishonlar>;        <nishonlar>;
Const        Const
<konstantalar tavsifi>;        <konstantalar tavsifi>;
Var        Var
<o‘zgaruvchilar tavsifi>;        <o‘zgaruvchilar tavsifi>;
«Ichki» protsedura va funksiyalar;        «Ichki» protsedura va funksiyalar;
begin        begin
<protsedura tanasi> {dastur}        <funksiya tanasi> {dastur}
end;        end;

Ко'rib turganingizdek, protsedura va funksiyalar o‘xshash tuzilishga ega. Ularning tuzilishi dasturning tuzilishidan deyarli farq qilmaydi. Shuni aytish lozimki, asosiy dasturda tavsiflangan o'zgarmas va o'zgaruvchilar umumiy (global) o'zgarmas hamda o'zgaruvchilar deyiladi. Ulardan dasturning istalgan qismida, ju ml ad an, protsedura va funksiyalarning ichida ham foydalansa boladi. Biror protsedura yoki funksiyaning ichida tavsiflangan o'zgarmas va o'zgaruvchilar mahalliy (lokal) o'zgarmas va o'zgaruvchilar deyiladi. Ulardan faqat o'zi tavsiflangan protsedura yoki funksiyaning ichida foydalanish mumkin. Paskalda umumiy va mahalliy o'zgaruvchi bir xil nomga ega bolishi ham mumkin. Bu holda mahalliy o'zgaruvchi tavsiflangan protsedura yoki funksiya ichida mahalliy o'zgaruvchining qiymati, boshqa protsedura va funksiyalarda hamda asosiy dasturda umumiy o'zgaruvchining qiymati hisobga olinadi.
1-    misol.[20, 83], [178, 391], [211, 746] oraliqlardagi barcha butun sonlar yig‘indisini topish dasturini tuzing.
Yechish. Berilgan uchta oraliqdagi butun sonlarning yig‘indisini hisoblash uchun parametrli takrorlash operatoridan uch marta foydalanishga to‘g‘ri keladi. Masalani berilgan oraliqning boshlang‘ich va oxirgi qiymat¬larini parametr sifatida olib, shu oraliqdagi butun sonlarning yig‘indisini hisoblovchi funksiyadan foydalanib ham yechish mumkin.
Program Summa;
Var i, s, si, s2, s3 : Integer;
Function Sum(nl, n2:Integer):Integer;
Begin
s:=0; For i:=nl To n2 Do s:=s+i; Sum:=s;
S:=sl+ s2 + s3; WriteLn(’S= s);
END.
2-    misol. Uchburchakning berilgan tomonlari bo‘yicha, uning baland- liklarini aniqlovchi dastur tuzing.
Program Uchburchak_balandligi;
Var a, b, c, ha, hb, he: real;
Function H_UB(a, b, c: real): real; { a, b, с — Uchburchak tomonlari }
Var yp, s: real;
Begin
yp:= (a+b+c)/2; {Perimetr yarmini hisoblash } s:= Sqrt(yp*(yp~a)*(yp~b)*(yp~c)); {Yuza hisoblash} H_UB:= 2*s/a; {Funksiyaga qiymat berildi }
End;
Begin
Write(’Uchburchak tomonlari (a,b,c) kiritilsin ’); Readln(a,b,c); ha:= H_UB(a, b, c); hb:= H_UB(b, a, c); hc:= H_UB(c, b, a);
Writeln(’Uchburchak balandliklari: ’);
Writeln(’ha= ’, ha:10:4, ’hb= ’, hb:10:4, ’hc= ’, hc:10:4); Readln
End.
5.    Mustahkamlash  5 daqiqa
1. Berilgan matndagi ’a’ belgini 'g‘ belgiga, ’m’ belgini ’s’ belgiga, T belgini ’h’ belgiga almashtiruvchi dasturni protsedura yordamida tuzing.
2. у = x5 + 3x funksiya qiymatini x ning —9, —5, —2, 2, 5, 7 qiymatlarida hisoblash dasturini tuzing. Darajani ko‘paytirish orqali hisoblash uchun funksiya tuzib oling.
6. O’quvchilarga ball qo’yaman:    3 daqiqa.
7. Uyga vazifa:   Mavzuga doir konspekt yozib kelish va o’tilgan mavzularga doir takrorlab kelish.


O’qituvchi:                    J. Qo’chqarov.
скачать шаблон для dle скачать бесплатно фильмы

O'xshash

Dars jarayoni

       

26.02.15 Fotoalbom

Добавить комментарий

Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера

Chiqish