03(62)39-96-162 10-maktab@xonqa.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 18-09-2019, 11:07
Qaydnoma
dle newtemplates.ru

Islom Karimov- mustaqil O'zbekiston asoschisi

admin 30-01-2018, 06:40 995 Yangiliklar

Sana: 26. I. 2018-yil

Sinf: 4- "E" sinf

Fan: Manaviyat darsi

Mavzu: Islom Karimov - Mustaqil Ozbekiston asoschisi.

Darsning maqsadlari:

Ta`limiy: oquvchilar tafakkurida Ozbekiston Respublikasi

Birinchi prezidenti Islom Karimov haqida bilim va tushunchalarni shakllantirish .

FK 1 Adabiy nutqiy kompetensiya :

Mavzu qahramoniga atab matn yoza olishi.

Tarbiyaviy : oquvchilarni yurtimizdagi tinchlikni asoschisi bolgan buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar bolishga undash .

TK 5 Milliy va umummadaniy kompetensiya:

Milliy madaniyatimizni yuksaltirishga hissa qoshgan buyuk allomalar ishlaridan ornak olish.

Rivojlantiruvchi:oquvchilarni birinchi prezidentimiz va buyuk

allomalarimiz haqidagi bilimlarini rivojlantirish .

TK 3 Ozini ozi rivojlantirish kompetensiyasi:

Mehnatsevarlik , hurmat qilish , togriso`zlik kabi sifatlarga ega

bolish .

Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi .

Dars metodlari: korgazmalilik,tushuntirish, suhbat , "Aqliy hujum.

Dars jihozi :Islom Karimov rasmlari, kompyuter, proyektor, gazeta va jurnallar .

Darsning borishi :

I.Tashkiliy qism.

Salomlashish ,davomatni aniqlash ,sinf va oquvchilar ozodaligini kuzatish ,oquvchilarni darsga hozirlash .

II. Oquvchilarni faollashtirish.

Oquvchilarga Vatan haqida sherlar ayttiraman.

III. Yangi mavzu ustida ishlash .

Oquvchilarni yangi mavzu bilan tanishtiraman.

Sana va mavzuni yozdirib , oquvchilar diqqatini proyektorga

jalb etaman , I. Karimov hayoti va faoliyati haqida malumotlar beraman.

Islom Abdug`aniyevich Karimov 1938- yil 30 -yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug`ilgan. Millati - o`zbek. Oliy ma'lumotli, O`rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo`jaligi institutlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1960- yilda Toshkent qishloq xo`jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961- yildan 1966- yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo`lib ishladi.

1966- yilda O`zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o`tib, bosh mutaxassislikdan Respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o`rinbosarigacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdi.

1983- yilda I.Karimov O`zbekiston SSR Moliya ministri, 1986- yilda O`zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o`rinbosari, Respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlandi.

1986-1989- yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989- yilning iyunidan boshlab O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.

 

1990- yil 24- mart kuni O`zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O`zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

1991- yil 31- avgust kuni I.Karimov tarixiy voqea - O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi.

1991- yil 29- dekabrida muqobillik asosida o`tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

I.Karimov oilali, ikki nafar farzandi, uch nabirasi bor. Rafiqasi T.A.Karimova - iqtisodchi ilmiy xodim.

I.Karimov suveren va mustaqil O`zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik xuquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta'minlash ishiga

 

qo`shgan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko`rsatganligi uchun "O`zbekiston Qahramoni unvoni, "Mustaqillik va "AmirTemur ordenlari bilan taqdirlangan.

I.Karimov O`zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a'zosi. Ayni paytda u to`qqiz horijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademikligiga saylangan.

 

-Mustaqil Ozbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, ozbek xalqining ulug va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yolboshchimiz goyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda ogir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda Ozbekistonni jadal va barqaror suratlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.
Islom Abduganiyevich Karimov ozining serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning kop asrlik tarixida ochmas iz qoldirdi. U nafaqat Ozbekiston, balki jahon miqiyosida katta hurmat va obro-etiborga sazovor bolgan ulkan shaxs va davlat arbobi sifatida tanildi.

2016-yil 2-sentyabr. Butun Ozbekiston qayguga botdi. Chunki shu kuni Prezidentimiz Islom Karimov vafot etdi. Bu noxush habarni eshitgan butun Ozbekistonliklar chuqur qayguga botdi.

Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida :

-Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida I.Karimov nomidagi ilmiy marifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi.

-Samarqand shahrida I. Karimov muzeyi tashkil etildi.

-Fargona shahridagi Sanat saroyiga I.Karimov berildi.

-Andijon "Asaka mashina zavodiga I.Karimov nomi berildi.

-Toshkent xalqaro aeroportiga ".Karimov nomi berildi.

-Toshkent shahridagi asosiy kochalardan biri I.Karimov nomi bilan ataladigan boldi.

-Bundan tashqari , qoshni Turkmaniston Respublikasi Turkmanobod shahrining asosiy kochalaridan biriga ham I.Karimov nomi berildi va uning haykali ornatildi.

Derlar mangu yashaydi, kim yashasa xalq uchun

Derlar mangu barhayot , kim yashasa yurt uchun

Siz buyuk olmas tanho, sizni unutmaymiz hech,

Hurmatli otamiz , Islom Abduganiyevich !

Siz , abadiy tiriksiz, toki bor ekan hayot,

Siz, olmaysiz yashaysiz, qalbimizda barhayot

 

"Farzandlarimiz bizdan kora kuchli, bilimli va albatta baxtli bolishlari shart!

Oquvchilarga Prezident asarlari haqida malumot beraman .

1."Ozbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.

2. "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.

3. "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.

4. " Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi.

5. "Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yolida.

6. "Biz kelajagimizni oz qolimiz bilan quramiz

7. "Ozbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram

bolmaydi.

8. "Yuksak manaviyat-yengilmas kuch.

 

Vatanimizdagi taniqli insonlarning Prezident haqidagi fikrlari:

"Yoshlarni manaviyatli qilib tarbiyalashni istardilar

Ozbekiston xalq artisti Murod Rajabov :

_Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov manaviyat haqida kop gapirardilar .Yoshlarni ham shu tarzda tarbiyalardilar .

Bugun har bir yoshning miyasida "Biz hech kimdan kam emasmiz va kam bolmaymiz ham " shiori mahkam ornashgan .

Masalan 2016-yilgi Olimpiada oyinlarida ishtirok etgan yosh sportchilarimizga qarang.Ular har bir musobaqaga kirishar ekan uning ortida yurti , vatandoshlari,xalqi turganini his etishdi .Buni ularning kozlaridagi nurdan , ishonch tola nigohidan sezish qiyin emasdi.Yillar davomida bizlarga singdirilgan mana shu oltinga teng gaplar bugun amalda qollanilyapti .Prezidentimiz doim bizning qalbimizda ,xotiramizda mangu yashaydi.

 

"Sen albatta chempion bolishing kerak deganlar .

 
Bektemir Meliqoziyev XXXI yozgi Olimpiada oyinlari kumush medali sovrindori hamda "Ozbekiston Iftixori " faxriy unvoni sohibi: "Musobaqalarda hammamizga Yurtboshimizning ishonchi katta kuch bagishladi.

Axir ular tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan song chempion bolmaslikning iloji yoq edi .

Prezidentimizning Sen albatta chempion bolishing kerak "

degan sozlari meni doimo olga undaydi .

"Prezidentimizning pand-nasihatlari hayotiy shiorim bolib qoladi "

Hasanboy Dosmatov XXXI yozgi olimpiada oyinlari oltin medal sovrindori , Ozbekiston iftixori faxriy unvon sohibi :

 

Dunyodagi hech bir mamlakatda bizdagidek yoshlar qollab-quvvatlanmaydi ,ularning erishgan yutuqlari bizdagidek

ragbatlantirilmaydi deb oylayman .

Prezidentimizdan 25 yil mobaynida vatanimiz tinchligi va farovonligini ta`minlab , biz sportchilarga ulkan imkoniyatlarni yaratib berganlari uchun bir umr minnatdormiz .

 
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

Oquvchilar birinchi prezidentimiz Islom Karimov haqida she`rlar aytadilar .

Bobojonim

Men olmadim,Bolajonlarim

Qarang safarga ketdim,

Allohim diydorin ko`rishga yetdim,

Dod solib e voh ,ruhim tiglamang.

Tinch yotay jon bolam,

Aslo yig`lamang

Sizlarni bir umr yaxshi ko`rganman,

Eng yaxshisi, aslini ravo ko`rganman.

Istamam, sizlarni dard chekishinngiz,

Tik tuting qaddingiz,bo`yi-bastingiz,

Dushmanga sir bermang yoshu qarinngiz

Boshlagan ishlarim

Davom qildiring ,

Siz yolg`iz emassiz,

Buni bildiring!

Doim sizlar-la, mangu yashayman,

Shijoat , kuch-quvvat, sizdan

Istayman!!!

 

Balqidi adolatning quyoshi
Yetib xalqim sabr bardoshi
Yolga boshlab dono yurtboshim
Porlar istiqbolim quyoshi.

 

Yigirma olti yil tarixda

Kichik bir sana
Yigirma olti yil avval
Qildi yurtim tantana.

 

Savollar;

1 .Ozbekiston Respublikasi birinchi prezidenti kim?

2 .I .Karimov necha yil Ozbekistonga raxbarlik qildi ?

3 .Uning qanday asarlarini bilasiz?

4. I.Karimov qachon tavallud topgan?

V .Darsning yakuni va baholash

Oquvchilarni darsdagi ishtirokiga kora baholayman .

Sinf oquvchilari oqituvchi bilan birgalikda Ozbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov xotirasiga 2 daqiqa skut saqlanadi.

VI. Uyga vazifa: A. Oripovning I. Karimovga atab yozgan marziyasini yod olib kelish

DOIMO QALBIMIZDA MANGU YASHAYSIZ BOBOJON!

 

 

Oqituvchi: M.Jumaniyazova.

MMIBDO: Q.Abdullayev.

dle

O'xshash

"Qalbi quyoshday balqqan, mehribon bobojonim!"

Sana: 26. 01. 2018 yil Sinf:4A Fan: Ma'naviyat darsi Mavzu: "Qalbi quyoshday balqqan, mehribon

30.01.18 Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovni tavallud topgan kuniga bag'ishlab 8-sinf o'g'il bolalar o'rtasida musobaqa o'tkazildi

Maktabimizda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavallud topgan kuniga

09.02.17 Tadbirlar
O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovni tavallud topgan kuniga bag'ishlab o'quvchilar ijodidan she'rlar

Ozbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti xotirasiga bagishlanadi.

31.01.17 Iqditorli o`quvchilar
8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilingan kunga bag'ishlangan tadbirssenariysi va undan lavhalar

Maktabimizni boshlang'ich sinf o'qituvchisi Hayitboyeva Svetlana 4-sinflarda boshlang'ich fan

13.01.17 Tadbirlar
Birinchi qo'ng'iroq tadbiri

Ozbekiston Respublikasining 24 yilligiga bagishlab "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim  -

04.09.15 Tadbirlar

Chiqish